Get Mystery Box with random crypto!

#Ота_оналар_йиғилиши Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabinin | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Ота_оналар_йиғилиши

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining faollar zalida 7-11-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan yig'ilish o'tkazildi. Unda maktab rahbariyati, tarbiyachilar, sinf rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berib, kun tartibidagi masala, ya'ni 3-chorak yakunlariga va boshqa masalalar bilan yig'ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Yig'ilishda 3-chorak yakunlari tahlil qilindi. O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov o'quvchilarning fanlardan o'zlashtirishi, tartib-intizomi borasida so'z yuritdi. Yig'ilishda o'quvchilarning tanlovlardagi faolliklari va erishgan yutuqlari e'tirof etildi.

O'z navbatida, ota-onalarning bildirgan takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va savollarga atroflicha javob berildi.

Faollar zalidagi yig'ilishdan so'ng ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiya olayotgan sinfxonalarda bo'lishdi. Sinf rahbarlari har bir o'quvchilarning ota-onalari bilan birga individual suhbat o'tkazib, o'quvchilarning choraklik summativ baholash natijalari tahlil qilindi.

Ijod maktabing foyesida 2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" nomli aksiya tashkil etildi. Unda barcha ota-onalar faol ishtirok etib, farzandlariga kitob sovg'a qildilar. Shuningdek, ular o'zlari uchun ham kitob xarid qilishdi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram