Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning media tashabbuslari qo‘llab-qu | Yoshlar ishlari agentligi

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning media tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi qoshida ʼʼYoshlar media markaziʼʼ ish faoliyatini boshladi.

Ushbu manzil 10 ga yaqin tasvirga olish burchaklari, montaj uchun maxsus xonalar, zamonaviy texnikalar bilan taʼminlangan.

Bugun 16-yanvar kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va bloggerlar ishtirokida press tur tashkil etildi. Markazdagi mavjud imkoniyatlar, qulayliklar va oldinga qoʻyilgan rejalar muhokama qilindi.

Faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgan media markaz Qoraqalpogʻostonda milliy media taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube