Get Mystery Box with random crypto!

Milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! Futb | Yoshlar ishlari agentligi

Milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!

Futbol bo‘yicha Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogida guruh bahslari qizg‘in pallaga keldi.

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi asosiy raqibi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba hamyurtlarimizga pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qiladi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bahslarida terma jamoamiz Suriyaga qarshi durang qayd etib, Hindistonga qarshi uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishganlar.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Barcha futbol muhlislarini milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz!

Olg‘a O‘zbekiston!

#Futbol #OsiyoKubogi2024

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube