Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2024-01-19 15:36:21
Rossiyada bo’lib turgan o’zbekistonliklar asosan qanday xatolarga yo’l qo’yishadi?

“Xavfsiz migratsiya” loyihasi orqali o’zingizga foydali bo’lgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin!

1 - modul: Rossiyaga chiqib ketishda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

2 - modul: Rossiya Federatsiyasida faqatgina patentda ko’rsatilgan kasb bo'yicha ishlash kerakmi?

3 - modul: Rossiyaga o’zingiz bilan isiriq olib kirishingiz mumkin emasligini bilarmidingiz?

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
16.2K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-01-19 09:18:31
“Istiqbolli kadrlar” maxsus-dasturining 1-bosqichiga start berildi!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mamlakatimizda ilk bor 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ularni, bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, rahbarlik lavozimlariga tayyorlash maqsadida 4 bosqichda bo‘lib o‘tadigan “Istiqbolli kadrlar” maxsus-dasturining 1-saralash bosqichi barcha hududlarda boshlandi.

Yuqoridagi shaxsiy rivojlanish rejasini mukammal bajargan, maxsus o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda mahalliy va xorijiy stajirovkalarni to‘liq o‘tagan g‘oliblar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

#istiqbollikadrlar

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
16.0K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-01-18 09:56:01
Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi

O’yin 18-yanvar Toshkent vaqti bilan 19:30 da “Ahmad bin Ali” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Yigitlarga, bugungi uchrashuvda omad tilab qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.4K views06:56
Ochish/sharhlash
2024-01-17 11:41:32
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi va o‘rinbosarlari saylandi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi taʼsis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich saylandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Inog‘omov Jovdatxon Sultanovich saylandi. Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich saylandi. U bundan avval O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Uyushma raisi maqomi Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.6K views08:41
Ochish/sharhlash
2024-01-16 15:00:01
Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning media tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi qoshida ʼʼYoshlar media markaziʼʼ ish faoliyatini boshladi.

Ushbu manzil 10 ga yaqin tasvirga olish burchaklari, montaj uchun maxsus xonalar, zamonaviy texnikalar bilan taʼminlangan.

Bugun 16-yanvar kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va bloggerlar ishtirokida press tur tashkil etildi. Markazdagi mavjud imkoniyatlar, qulayliklar va oldinga qoʻyilgan rejalar muhokama qilindi.

Faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgan media markaz Qoraqalpogʻostonda milliy media taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.9K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-01-16 12:01:53
"Mard o‘g‘lon" davlat mukofotining 2024-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Ayni paytda Davlat mukofotiga 2024-yilgi saralash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Respublika hamda xalqaro miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda gʻolib boʻlgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, oʻzining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

• Nizom bilan tanishish

#MardOʻgʻlon

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
75.9K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-01-15 13:31:21
"Teknofest 2024" tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

2018-yildan beri Turkiya Respublikasida o'tkazilayotgan "Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali" texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.

Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.

Maktab va o‘rta maxsus ta'lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun
https://mth.tc/TEKNOFEST2024Yarismalar
Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.2K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2024-01-14 08:55:08
Bu kun, sharaf va tinchlik bilan mukofotlangan vatanimizning muhofazasi kunidir

Jonajon yurtimizning mard va jasur farzandlari, sizlarni Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Vatanni sevishda, el-yurt xizmatida bardavom bo‘ling, matonat va jasorat doimo hamrohingiz bo'lsin!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.8K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2024-01-13 12:13:47
Sen yolg‘izmassan orzuying bor seni...

Xabar berganimizdek, Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Qatardagi Osiyo kubogining ilk o‘yinini o‘tkazadi.

O‘zbekiston — Suriya. Millionlar bahsi Toshkent vaqti bilan 22:30 boshlanadi.

Ushbu videodagi musiqa esa g‘alaba haqida! Qonimizda mavj urayotgan g‘alaba haqida!

Qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida hamyurtlarimizga omad yor bo‘lsin. Olg‘a, O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.2K views09:13
Ochish/sharhlash
2024-01-12 14:42:40
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo Kubogiga shay!

Hamyurtlarimiz bahs olib boradigan raqib jamoalar ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu Osiyo kubogi Qatar davlatida o‘tkazilmoqda. Termamiz a'zolariga esa Sloveniyalik murabbiy Srechka Katanes boshchilik qilmoqda.

Olg‘a yigitlar!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.8K views11:42
Ochish/sharhlash