Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek tilining rivojiga befarq boʻlmang! Endi siz ham o‘zbek | Yoshlar ishlari agentligi

Oʻzbek tilining rivojiga befarq boʻlmang!

Endi siz ham o‘zbek tilining rivojlanishiga bevosita o‘z hissangizni qo‘sha olasiz. Bu borada bir qancha yirik loyihalar faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Xususan, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan dunyodagi eng sara kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan “1000KITOB”, Vikipediyada o‘zbekcha ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilgan “WikiStipendiya”, iste’dodli shoirlarni kashf etadigan “Duel” loyihalari shular jumlasidan.

Endilikda siz ham tilimiz_uchun ko’ngillilar jamoasida volontyor sifatida ishtirok etishingiz mumkin. Tabiiyki, bu jarayonda faol ishtirok etgan, bir nechta tashabbuslarni ilgari surgan volontyorlar alohida e’tirof etiladi.

Jamoaga qo’shilish istagida bo’lsangiz, ushbu so’rovnomani to’ldiring:

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube