Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya SWIFTdan bir necha kun ichida uzilishi aytilmoqda Ro | XPRESS

Rossiya SWIFTdan bir necha kun ichida uzilishi aytilmoqda

Rossiyani SWIFT'dan uzib qo’yish bo’yicha qaror bir necha kun ichida qabul qilinadi, deya xabar berdi Reuters Yevropa Ittifoqidagi markaziy banklardan birining rahbariga tayangan holda. Litva bosh vaziri Yevroittifoqda bu taklifga qarshi davlat qolmaganini aytdi.

SWIFT – bank-moliya tashkilotlari o’rtasidagi transchegaraviy pul oqimlari amalga oshadigan tizim. Dunyo bo’ylab 11 mingta, Rossiyaning o’zida qariyb 300ta subyekt bu tizimdan foydalanadi. Rossiyaning tashqi dunyo bilan oldi-berdi tranzaksiyalarining 80 foizi shu tizim orqali o’tadi.

SWIFTdagi tranzaksiyalar – arzon, tez va universal. Bunday sanksiya 2012–2016-yillar davomida Eronga nisbatan qo’llangan; o’shanda Eron iqtisodiyoti misli ko’rilmagan darajada katta zarar ko’rgan, mamlakat ham qimmat, ham sekin ishlasa-da, o’z tizimini ishlab chiqishga majbur bo’lgan.

Tashkilot ofisi Belgiyada joylashgan. Biror mamlakatni tizimdan uzib qo’yish uchun Yevroparlament qarori kerak, shuningdek bu qaror Belgiya tomonidan tasdiqlanishi ham zarur. Biroq Yevropa neft va gaz narxi oshishi, Rossiyaga mahsulot eksport qilish qiyinlashib ketishi sabab bunga qo’l urishga shoshilmayapti.

Xpress.uz – Siz kutgan format