Get Mystery Box with random crypto!

Putinning Shavkat Mirziyoyev va Si Jinping bilan muloqotlari: | XPRESS

Putinning Shavkat Mirziyoyev va Si Jinping bilan muloqotlari: Urush ishtirokchisi bo'lib turgan tomon ikkinchi tomonnikidan farqli bayonotlar berdi

Kecha, Ukrainadagi urush fonida Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefonlashgan edi. Kreml matbuot xizmati xabarida O’zbekiston yetakchisi go’yoki Rossiyaning harakatlarini “tushunishini aytgani” yozilgan, biroq Toshkentning bayonotida bunaqa gap yo’q edi.

Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov bu borada izoh berdi. Uning aytishicha, Putin bilan muloqotda Shavkat Mirziyoyev tomonlar masalani hal qilishning o’zaro maqbul yo’llarini tez orada topishlari va vaziyat keskinlashishining oldi olinishiga umid bildirgan. “Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. [...] Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim”, dedi Sherzod Asadov.

Kecha Rossiya va Xitoy rahbarlarining muloqoti bo’yicha ham farqli bayonotlar yangradi. Kremlga ishonilsa, Si Jinping Rossiyaning harakatlariga hurmat bilan qarashini aytgan; Pekinga ishonilsa, XXR raisi rossiyalik hamkasbini sovuq urush mentalitetidan voz kechib, BMT Nizomi va xalqaro huquq normalarini hurmat qilishga chaqirgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format