Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga kechqurun grin-karta javoblari e’lon qilinadi 2022-yi | XPRESS

Ertaga kechqurun grin-karta javoblari e’lon qilinadi

2022-yil uchun 2020-yil kuzida o‘ynalgan grin-karta lotereyasi natijalari 2021-yil 8-may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da e’lon qilinadi.

Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC rasmiy saytidan bilish mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini, tug‘ilgan yilini kiritishi zarur.

Shundan keyin ochilgan sahifa rasmdagi kabi bo‘lsa, do‘ppingizni osmonga otasiz. Agar bosh harflar bilan “… HAS NOT BEEN SELECTED” deb yozilgan bo‘lsa, keyingi safar urinib ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi.

Eslatma: Javoblar e’lon qilinganidan keyin juda ko‘p odam tekshirishi sababli sayt qotishi mumkin. Lotereyada yutuq chiqqani siz AQSHda doimiy yashash uchun viza olishingizni kafolatlamaydi.

#Green_card
Xpress.uz – Siz kutgan format