Get Mystery Box with random crypto!

“Sardoba ishi” bo‘yicha sudlangan 17 kishidan 6 nafari qamaldi | XPRESS

“Sardoba ishi” bo‘yicha sudlangan 17 kishidan 6 nafari qamaldi

Asosiy figurant – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan M.Xolmatovga 10 yil berildi.

Suv omboridan foydalanish direksiyasi boshlig‘i, “UzGIP” MChJ bo‘lim boshlig‘i, «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari, “Omad dubl” MChJ rahbari 5 yil muddatga qamaldi.

“To‘palang HDP Irrigation Systems” rahbari 4 yilga kesildi. Suv omboridan foydalanish direksiyasi bosh muhandisiga 4 yil ozodlikni cheklash tayinlandi. Qolgan sudlanuvchilarga jarima tayinlandi.

Tasdiqlanishicha, 14 kishi pullarni talon-toroj qilgan. Yetkazilgan zarardan qanchasi undirilgani ma'lum qilinmadi.

404 million dollarga qurilgan Sardobadagi o'pirilish byudjetga 146 million dollarga tushmoqda

Xpress.uz – Siz kutgan format