Get Mystery Box with random crypto!

Qozon shahridagi maktabda otishma ro‘y berdi — 11 kishi halok | XPRESS

Qozon shahridagi maktabda otishma ro‘y berdi — 11 kishi halok bo‘lgan

Tatariston poytaxtidagi 175-maktabda bo‘lgan otishmada 30dan oshiq kishi jarohatlangan. Halok bo'lganlarning asosiy qismi – maktabning 8-sinf o‘quvchilari.

Maktabga qurollangan 2 kishi bostirib kirgan va o‘qqa tutishni boshlagan. Ulardan biri shu maktabni tugatgan 19 yoshli o‘smir ekani aytilmoqda. U qo‘lga olingan, sherigi esa amaliyot payti yo‘q qilingan.

Hozir Qozonda aksilterror rejimi joriy etildi, hamma maktabda xavfsizlik kuchaytirilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format