Get Mystery Box with random crypto!

Kiyev va Lvov shaharlarida havo hujumi trevogasi e’lon qilindi | XPRESS

Kiyev va Lvov shaharlarida havo hujumi trevogasi e’lon qilindi

Poytaxtda ogohlantirish sirenasi yangragan, rasmiylar navbatdagi sirena yangraganida aholi zudlik bilan bombapanagohlarga borishi kerakligini e’lon qildi. Raketalar tinch aholi punktlariga ham kelib tushayotgan holatlar bor.

RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning 74 ta harbiy obyekti, xususan 11 ta aerodrom yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Rossiya ichkarisida esa, manbalar xabariga ko‘ra, urushga qarshi tinch aksiya uyushtirayotganlar hibsga olinmoqda. Prokuratura noqonuniy namoyish o‘tkazishga chaqirganlik uchun javobgarlik borligini eslatgan. Rus olimlari urushni to‘xtatishga chaqirib ochiq xat e’lon qildi.

Yevrokomissiya raisi Yevropa Ittifoqi Ukrainadan cheksiz miqdorda qochoqlarni qabul qilishga va ularga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Chexiya mamlakatdagi rus konsulxonalarini yopib, Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Sankt-Peterburg YeCHL finali mezbonligidan mahrum qilindi.

Xpress.uz – Siz kutgan format