Get Mystery Box with random crypto!

Vaksinaning buster dozasini olmagan xodimlar ishdan chetlashti | XPRESS

Vaksinaning buster dozasini olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi

Ish beruvchilarga qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirusga qarshi emlanganlik, shu jumladan, buster doza bilan emlanish darajasi 90 foizdan kam bo‘lmasligiga erishish majburiyati yuklatildi. Respublika maxsus komissiyasining bugungi yig‘ilishida shunday qarorga kelindi.

Davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlar xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster doza bilan emlanmagani aniqlanganda, ular vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.

Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan uning vaqtincha ishdan chetlashtirilishini San-epid xizmati qat’iy nazoratga oladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format