Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 94.47K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-04-14 19:12:37 Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2024-yil 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 14-aprel (to‘lov qilish 15-aprel) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30.5K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2024-03-29 12:48:44 Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining 2024-yil 20-martdagi "2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi 87-sonli buyrug'i

Mazkur buyruqqa 1-ilova sifatida "Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari";

2-ilova bilan "Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI" tasdiqlangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
32.5K viewsedited  09:48
Ochish/sharhlash
2024-03-29 07:18:03 Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
62.9K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2024-03-28 19:40:55 Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident Matbuot xizmati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
28.8K viewsedited  16:40
Ochish/sharhlash
2024-03-28 19:28:13
Maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi

Bugun, 28-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda oʻquvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimini joriy qilish masalasi ham koʻrib chiqildi.

Hozirda bilimning bahosi turli maktablarda turlicha. Imtihon varaqalaridagi savollar darajasi ham har xil. Xalqaro testologiya talablariga koʻra, hamma variantlardagi savollarning qiyinlik darajasi teng boʻlishi kerak.

Shu bois davlat yakuniy attestatsiyasida, yaʼni maktabni bitirish imtihonlarida oʻquvchilarning bilimini yagona nazorat materiallari asosida baholash taklif etilmoqda. Imtihon topshiriqlari yozma va amaliy shaklga oʻtkaziladi, javoblarni maxsus platforma orqali tekshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi, savollar doimiy ravishda yangilanib boriladi.

Yana bir muhim yangilik – maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
40.2K views16:28
Ochish/sharhlash
2024-03-28 15:03:03
Pedagoglar attestatsiyasi bo'yicha diagnostika testlarida barcha bepul ishtirok etishi mumkin!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda test platformasiga quyidagi fanlar bo‘yicha yangi testlar joylandi:

Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
Ona tili
Matematika
Ingliz tili
Tarix
Jismoniy tarbiya

Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztditestbot
@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
45.9K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-03-27 19:30:27 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30.1K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2024-03-27 13:33:26 Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida foto va video qayd etish uskunalari oʻrnatiladi

Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida hamda boshqa belgilangan joylarda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2024-2026-yillar davomida yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida ushbu foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli roʻyxat asosida oʻrnatadi hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.2K views10:33
Ochish/sharhlash
2024-03-27 07:17:28
Metodik marafonning 2-kunida (27-mart) quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

“Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi (10:00)

Trener-oʻqituvchi: Beth Myers, Lourens B. Taishoff inklyuziv ta'lim dotsenti; Taishoff markazi direktori

O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi kreativ - pedagogik yondashuvlari (10:25)

Trener-oʻqituvchi: Yuldasheva Nilufar Abdullayevna, Amaliy fanlar universiteti “Boshlang'ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc)

Olamni o‘rganishda matematikaning o‘rni (11:00)

Trener-oʻqituvchi: Koshnazarov Rasul Atabekovich, Nizomiy nomidagi TDPU, “Umumiy matematika” kafedrasining katta o‘qituvchisi

O‘quvchilarda ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (11:00)

Trener-oʻqituvchi: Akbarova Saida Rustamovna, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 220-maktab kimyo fani o‘qituvchisi

O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda laterial-kreativ yondashuv (11:00)

Trener-oʻqituvchi: Musurmonkulova Oysuluv Yulbekovna, Аlisher Nаvoiy nomidаgi Toshkent dаvlаt o‘zbek tili vа аdаbiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Boshlang‘ich sinflarda matematik savodxonlikni oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish (11:30)

Trener-oʻqituvchi: Ametova Lola Shukurullayevna, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda muammoli topshiriqlardan foydalanish (11:30)

Trener-oʻqituvchi: Homidov Dilshodbek Baxodirovich, Andijon viloyati Shahrixon tumani Akademik Sarimsoqov nomidagi Nodavlat xususiy maktab fizika fani oʻqituvchisi

O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishda ertaklarning ahamiyati (11:30)

Trener-oʻqituvchi: Ostanova Umida Usmanovna, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Telegram Instagram
Facebook X (Twitter)
YouTube Trm.uz
18.4K views04:17
Ochish/sharhlash
2024-03-26 21:07:54 #davomat #hujjat

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiyasining 2024-yil 26-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi qarori (4k/k, 5k/k-son)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
28.4K views18:07
Ochish/sharhlash