Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni 2024-yil 8-aprel k | Ta'lim nazorati

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2024-yil 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 14-aprel (to‘lov qilish 15-aprel) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali