Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 94.47K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-04-18 20:04:52 2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Ushbu maktablarga ishga kirish uchun hujjat topshirish, saralash va imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha kanalimiz orqali (@uztdi) batafsil ma’lumot beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
38.3K viewsedited  17:04
Ochish/sharhlash
2024-04-17 14:54:10 O‘zbek tili fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari davom etmoqda.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

O‘zbek tili (davlat tili)
Maktabgacha ta‘lim
Texnologiya
Tarix (2 xil)
Kimyo
Rus tili (milliy)
Fizika
Biologiya
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Geografiya
Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
Ona tili
Matematika
Ingliz tili
Jismoniy tarbiya

Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztditestbot
@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: https://t.me/uztdi/8242

Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.8K views11:54
Ochish/sharhlash
2024-04-17 14:15:38
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

Grant olish imkoniyati mavjud.
Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
Magistratura: masters.kiut.uz

+99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | YouTube
17.9K views11:15
Ochish/sharhlash
2024-04-17 10:35:17
Texnik nosozlik sabab attestatsiyada testni yakunlay olmaganlar bo'yicha

"16-aprel kuni ayrim hududlardagi texnik nosozliklar tufayli attestatsiya sinovlar jarayonida uzilishlar kuzatilgan.

Shuning uchun, 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya oʻtkazish belgilandi. Bu haqida kuni kecha test ishtirokchilariga ham zarur tushuntirishlar berildi."

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27.7K viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2024-04-16 15:36:47
Endilikda toifa testlari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26.4K viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2024-04-16 09:18:36
Nodavlat maktab ochadiganlarga ajratiladigan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya berish tartibi loyihasi eʼlon qilindi

Muhokamalar portaliga "Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

31.01.2024-yildagi Prezident qarori (PQ-49-son) bilan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilgan edi.

E’lon qilingan Hukumat qarori lohiyasida ushbu imtiyozlardan foydalanish tartiblari aks etgan.

Loyiga ko‘ra jamgʻarma tomonidan qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda “1+2” tamoyili asosida uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga kredit foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratiladi.

Bunda kompensatsiya 3, 4, 5-hudud toifasiga mansub shahar va tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan hamda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi.

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/96995

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.7K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-04-16 08:43:35
Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
22.0K views05:43
Ochish/sharhlash
2024-04-16 07:31:18
#Live
#Attestatsiya

Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27.0K views04:31
Ochish/sharhlash
2024-04-15 12:51:27 O‘quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:

xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;

ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25-mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.”

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97393

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
25.6K viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:12:45
#Live

Ayni damda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlandi.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
32.5K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash