Get Mystery Box with random crypto!

Metodik marafonning 2-kunida (27-mart) quyidagi mavzular bo‘yi | Ta'lim nazorati

Metodik marafonning 2-kunida (27-mart) quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

“Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi (10:00)

Trener-oʻqituvchi: Beth Myers, Lourens B. Taishoff inklyuziv ta'lim dotsenti; Taishoff markazi direktori

O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi kreativ - pedagogik yondashuvlari (10:25)

Trener-oʻqituvchi: Yuldasheva Nilufar Abdullayevna, Amaliy fanlar universiteti “Boshlang'ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc)

Olamni o‘rganishda matematikaning o‘rni (11:00)

Trener-oʻqituvchi: Koshnazarov Rasul Atabekovich, Nizomiy nomidagi TDPU, “Umumiy matematika” kafedrasining katta o‘qituvchisi

O‘quvchilarda ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (11:00)

Trener-oʻqituvchi: Akbarova Saida Rustamovna, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 220-maktab kimyo fani o‘qituvchisi

O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda laterial-kreativ yondashuv (11:00)

Trener-oʻqituvchi: Musurmonkulova Oysuluv Yulbekovna, Аlisher Nаvoiy nomidаgi Toshkent dаvlаt o‘zbek tili vа аdаbiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Boshlang‘ich sinflarda matematik savodxonlikni oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish (11:30)

Trener-oʻqituvchi: Ametova Lola Shukurullayevna, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda muammoli topshiriqlardan foydalanish (11:30)

Trener-oʻqituvchi: Homidov Dilshodbek Baxodirovich, Andijon viloyati Shahrixon tumani Akademik Sarimsoqov nomidagi Nodavlat xususiy maktab fizika fani oʻqituvchisi

O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishda ertaklarning ahamiyati (11:30)

Trener-oʻqituvchi: Ostanova Umida Usmanovna, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Telegram Instagram
Facebook X (Twitter)
YouTube Trm.uz