Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 94.47K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-04-20 15:04:19 Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzodlarning kasbiy mahoratini mezonlari va suhbat bo‘lib o‘tadigan manzil va sanalar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkazilgan birinchi bosqich test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan.

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 23-27-aprel kunlari suhbat oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash boʻyicha Nizom, baholash mezonlari va hududlarda suhbat oʻtkazish jadvali tasdiqlandi.

Har bir nomzod hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan suhbat topshiradigan kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha xabardor qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
29.3K viewsedited  12:04
Ochish/sharhlash
2024-04-20 13:34:21
#Attestatsiya

Attestatsiya jarayonlariga doir muhim axborot
!!!

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Sinovlarga kiruvchi har bir talabgor ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

Aytish lozimki, oʻz bilim va malakalariga tayangan holda berilgan topshiriqlarni imkon qadar bajarishga intilayotgan, yuqori ballarni qoʻlga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kun ortib borayotgani bizni xursand qiladi.

Ammo vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda.

Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Hurmatli pedagoglar!

Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda.

Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling.

Barchangizga test sinovlarida omad tilaymiz
!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
31.6K views10:34
Ochish/sharhlash
2024-04-20 13:14:24 Oʻqituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.

Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
21.3K views10:14
Ochish/sharhlash
2024-04-20 12:02:08
Zamon bilan hamnafas ta'lim oling

Kundan-kunga rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiya va AyTi olamida o'z o'rningizni topmoqchimisiz?

Ayni vaqtda IT Park, Uzinfocom, Uzum, Alif, Paynet, Novalab kabi yirik kompaniyalarda ishlayotgan bitiruvchilar safida bo'lish imkoniyatiga ega bo'ling.

Siz ham «Najot Ta'lim» Dasturlash kurslarida dasturlash asoslarini tajribali mutaxassislardan o'rganib, texnologiya sohasidagi karyerangizni boshlang.

Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish

78-888-98-88
20.5K views09:02
Ochish/sharhlash
2024-04-20 09:07:16
Pedagoglar diqqatiga!

Firibgarlarga ishonib qolmang!


Ijtimoiy tarmoqlarda turli firibgarlar tomonidan pedagoglar attestatsiya uchun “X-variantlar” taklif qilish holatlari uchramoqda.

Yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, qimmatli vaqtingiz va pullaringizni bekor sarflamang!

Malaka (test) sinovi uchun tuziladigan savollar bazasi har yili butunlay yangilab boriladi va bu ma’lumotlarning uchinchi tomonga taqdim etilmasligi qat’iyan kafolatlangan.

Agar sizga kimdir ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga shu kabi xizmatlarni taklif qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
18.2K viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:55:43ONLAYN TEST BOSHLANDI!

Bugun, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan -onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 20-aprel (10:00-23:00)
Test tillari: O'zbek va Rus
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
16.6K views05:55
Ochish/sharhlash
2024-04-19 16:22:42 Namangan viloyatida “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida joriy etishi mumkin

Muhokamalar portaliga "Taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra:

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etish;

2024/2025 oʻquv yilidan Namangan shahri, “Soxibkor” MFY, M.Egamberdiyev koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatida variativ oʻquv rejasi asosida huquq fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflarni tashkil qilish;

2024-yilda Adliya vazirligining Namangan viloyat yuridik texnikumi tugatilib, uning negizida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyini tashkil etish taklif etilmoqda.

Shuningdek, 8–11-sinflari uchun huquq fanidan yangidan yaratilayotgan oʻquv adabiyotlarini nashr etishdan oldin ularga Toshkent davlat yuridik universitetidan xulosa olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Maktablarda huquqiy fanlardan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha zarur choralar ko‘riladi.

2024-yil 1-avgustga qadar maktab-internatning rahbar va boshqa kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda tanlov asosida maktab-internatni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka va yuqori professional tayyorgarlikka ega boshqaruv va boshqa kadrlar bilan toʻldiriladi.

Akademik litsey huquqiy maqomi, shu jumladan shtatlar, mehnatga haq toʻlash tizimi, oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, bitiruvchilarni Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish va boshqa masalalar boʻyicha Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyga tenglashtiriladi.

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20.8K viewsedited  13:22
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:10:53
Ishtiyoq bilan taʼlim oling, misli koʻrinmas yutuqlarga erishing!

Central Asian University 2024-2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishda davom etmoqda! Talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar orasidan boʻlajak kasbingizni tanlang: biznes va muhandislikdan tortib, tibbiyot va mehmonxona boshqaruvigacha. Taʼlim jarayonlari ingliz tilida olib boriladi.

Mashgʻulotlar AQSH, Germaniya, Turkiyadan tashrif buyurgan, xalqaro tajribaga ega, yuqori malakali xorijlik oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi, bu esa taʼlim jarayonlarini yanada qiziqarli va samarali qiladi.

Simulyatsion markazlar, Bloomber va sunʼiy intellekt laboratoriyalari vositasida olib boriladigan amaliy mashgʻulotlar talabalarga sohaga tegishli mavzular va loyihalar ichiga chuqur kirib borishda yordam beradi.

Faol talabalik hayoti, jahon ekspertlari ishtirokidagi eksklyuziv yopiq tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Ikki tomonlama diplom yordamida ilmiy faoliyat, stajirovka, almashinuv dasturlari va xalqaro darajada taʼlim olish imkoniyatlari.

Taʼlim grantlari, shaxsiy karyera markazi va oʻqishning birinchi yilidan boshlab ishga joylashish imkoniyatlari!

Bizning faol taʼlim hamjamiyatimizning bir boʻlagiga aylanish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

Hujjatlarni onlayn topshirish

71 200 05 22, 71 208 12 34
@CAU_Admission_Bot
16.2K views12:10
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:21:10 Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.

Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
18.4K views11:21
Ochish/sharhlash
2024-04-19 10:03:02
Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Talabgorlar 2024-yil 21-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor

+998555068888, +998555208888
@umft_support
umft.uz

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube | Linkedin

Lokatsiya
20.3K views07:03
Ochish/sharhlash