Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar attestatsiyasi bo'yicha diagnostika testlarida barc | Ta'lim nazorati

Pedagoglar attestatsiyasi bo'yicha diagnostika testlarida barcha bepul ishtirok etishi mumkin!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda test platformasiga quyidagi fanlar bo‘yicha yangi testlar joylandi:

Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
Ona tili
Matematika
Ingliz tili
Tarix
Jismoniy tarbiya

Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztditestbot
@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali