Get Mystery Box with random crypto!

2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinf | Ta'lim nazorati

2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi.

Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi.

Bosh vazir topshirig‘i bilan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari dars oʻtishlariga rozilik berilgani haqida xabar bergan edik.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali