Maktab bitiruvchilari oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladiMuhokamalar portaliga "
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish va davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan oʻtgan bitiruvchilarga
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi.
Har bir bitiruvchining bandlik holatini onlayn monitoring qilib borish maqsadida
kasb.maktab.uz platformasini “bandlik xizmati” (abkm.mehnat.uz) axborot tizimi va boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
Mazkur sertifikat O‘zbekiston Respublikasi
milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga tenglashtiriladi.
Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673
Ta’lim nazorati rasmiy kanali