Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 kun vaqt qol | Ta'lim nazorati

Chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 kun vaqt qoldi

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.

Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 27-aprel (to‘lov qilish 28-aprel) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga 2 kun qolganini eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari (yozma qismi) 2024-yil 11-12-may (shanba, yakshanba) kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Ta’lim nazorati rasmiy kanali