Get Mystery Box with random crypto!

Viloyat hokimi «Telefonsiz maktab» loyihasini qo‘llab-quvvatla | Ta'lim nazorati

Viloyat hokimi «Telefonsiz maktab» loyihasini qo‘llab-quvvatlagan maktabga 300 million so‘m topshirdi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul mukofotini topshirdi.

Qayd qilinishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.

Shu yil fevral oyida Zoir Mirzayev maktab direktorlari bilan o‘tkazgan muloqotida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surib, buni amalga oshirgan maktablarni 300 million so‘m bilan taqdirlashga va’da bergan edi.

Keyinroq, Angren shahridagi 13- va 17-son umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilgani, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning telefonlari maxsus javonlar, qutilarga solib qo‘yilayotgani haqida xabar berildi. Ta’kidlanishicha, bu chora o‘quvchilarning e’tiborini ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratadi.

Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati yig‘ilish o‘tkazib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgani va bu barcha tomonidan birdek ma’qullangani aytildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali