Get Mystery Box with random crypto!

100 nafar maktab oʻqituvchilari xorijiy davlatlarga malaka osh | Ta'lim nazorati

100 nafar maktab oʻqituvchilari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi

Prezidentning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmonida tasdiqlangan reja asosida 100 nafar davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish vazifasi belgilandi.

Unga koʻra, 2024-yil iyun oyiga qadar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan pedagoglar hududlar kesimida teng taqsimlangan holda saralab olinadi.

Saralab olingan pedagoglar 2024-yil yakuniga qadar vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali