Get Mystery Box with random crypto!

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsa | Ta'lim nazorati

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi

Bugun, 27-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hukumat qarori (15.01.2022 №23) bilan tasdiqlangan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi haqida ma’lumot berildi.

G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:

1-oʻrin: «Temurbeklar maktabi»ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
1-oʻrin – davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi mustasno)
1, 2 va 3-oʻrin:
farzandlari maktab, bogʻcha, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi
ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etilad
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi.

Har yili mart — noyabr oylarida beshta yoʻnalishda sport sinovi ishtirokchilaridan quyidagi tartibda sport sinovlari qabul qilinadi:

mart-aprel — 7 yoshdan 17 yoshgacha;
aprel-may — 18 yoshdan 29 yoshgacha;
avgust-sentyabr — 30 yoshdan 49 yoshgacha;
oktyabr-noyabr — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan;
noyabr — davlat tashkilotlari xodimlari;

Joriy yilning 1-mart kuni 208 ta tuman (shahar)da 1 tadan umumtaʼlim maktablarida sport sinovlari qabul qilishga start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali