Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 91.94K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2024-02-08 20:19:39 ommalashtirish.uz platformasi mart oyidan boshlab ishga tushadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevralda “Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 32-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

Unga ko'ra:

bir oy muddatda amaldagi ommalashtirish.uz platformasini takomillashtirilgan tartibi bo'yicha Respublika ta'lim markazining budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan qayta ishlab chiqiladi va foydalanishga topshiriladi.

joriy yilning mart oyidan takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul gilish jarayonlarini tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
32.5K viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash
2024-02-08 19:14:13 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
14.2K viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2024-02-08 17:49:14
Uchta OTM birlashtirildi va unga rektor tayinlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga Toshkent moliya instituti va Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti qoʻshib yuborildi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

Oʻz navbatida iqtisod fanlari doktori, professor Toʻlqin Teshabayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkent moliya instituti rektori edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
14.8K views14:49
Ochish/sharhlash
2024-02-08 15:00:01 Vazirlik: Xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23.3K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2024-02-08 14:30:31 "Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi.

Markaz direktori Vohid Hamidovning ma‘lum qilishicha, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarga qoʻyilgan talablar oxirgi marta 2016-yilda tasdiqlangan edi:

"Bugungi kunda raqamli texnologiyalar taʼlim sohasiga koʻplab yangiliklarning joriy etilishiga muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. COVID–19 pandemiyasi butun dunyoda raqamli taʼlimning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi.

Oʻylaymanki, ushbu hujjat mamlakatimizda taʼlim sifati va samaradorligining oʻsishida navbatdagi qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi
." - degan markaz direktori.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.2K views11:30
Ochish/sharhlash
2024-02-07 17:02:30 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Quyida malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar ro‘yxatini taqdim etamiz:

Matematika
Fizika
Geografiya
Biologiya
Kimyo
Informatika
Texnologiya (servis xizmati)
Texnologiya (Texnologiya va dizayn)
Iqtisodiy bilim asoslari
Davlat va huquq asoslari
Boshlang‘ich ta’lim
Tarbiya
Tarix
Musiqa madaniyati
Jismoniy tarbiya
Tasviriy san’at
Ona tili va adabiyot
O‘zbek tili
Ingliz tili
Rus tili
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Qozoq tili va adabiyoti
Qirg‘iz tili va adabiyoti
Turkman tili va adabiyoti
Tojik tili va adabiyoti
Tarbiyachi metodist mutaxassisligi
Pedagogik mahorat

Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Barcha fanlar bo‘yicha kanalimizda @uztdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
17.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-02-07 15:36:38 Pedagogik mahorat fanidan malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar ro‘yxati 2024

Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Barcha fanlar bo‘yicha kanalimizda @uztdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
18.6K viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2024-02-07 15:25:39 Jismoniy tarbiya fanidan malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar ro‘yxati 2024

Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Barcha fanlar bo‘yicha kanalimizda @uztdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
12.7K viewsedited  12:25
Ochish/sharhlash
2024-02-07 15:25:26 Informatika fanidan malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar ro‘yxati 2024

Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Barcha fanlar bo‘yicha kanalimizda @uztdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.9K viewsedited  12:25
Ochish/sharhlash
2024-02-05 15:39:52
2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin.

Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13.6K viewsedited  12:39
Ochish/sharhlash