Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi 103-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘r | Ta'lim nazorati

Toshkent shahridagi 103-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ro‘y bergan voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarga munosabat

Mazkur holat joriy yilning 23-fevral kuni maktabning 6-sinfida o‘tilgan matematika darsida sodir bo‘lgan. Dars vaqtida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchi Z. N. o‘qituvchi tomonidan sinfxonadan chiqarib yuborilgan. Yana bir o‘quvchi U.Z bir vaqtda bu tartibsizlikka qo‘shilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganish ishlari, xususan, o‘quvchilarning ota-onalari, maktab rahbariyati vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotlar va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuzaga kelgan vaziyatga tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bolalar masalalari bo‘yicha Chilonzor tumani komissiyasiga taqdim etildi.

Komissiyaning mazkur holat bo‘yicha o‘rganish xulosasi joriy yilning 28-fevral kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari davomida o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga chalg‘imasligi, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatgan holda murojaat qilishi zarur.

Ushbu qoidalar mazmun-mohiyati va ularga amal qilmaslik bo‘yicha kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga atroflicha tanishtirilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali