Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 14-fevraldag | Ta'lim nazorati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun”Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yashi maktab” tanlovini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 40-sonli buyrugʻi bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi (1-ilova)

Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlarini tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalarining namunaviy tarkibi (1a-ilova)

Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlarini baholash boʻyicha yoʻriqnomalar (2 va 2a-ilovalar)

Tanlovni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazishga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasi (3-ilova);

Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlari uchun nazorat materiallarini tayyorlash, chop etish va yetkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar (4-ilova)

Birinchi (tuman) bosqichida ishtirok etgan maktablarga belgilangan tartibda asosiy koʻrsatkich boʻyicha qoʻyilgan ballarni asoslovchi hujjatlar roʻyxati (5-ilova)

Birinchi (tuman) bosqichini nazorat qilish boʻyicha hududlarga yuboriladigan masʼul xodimlar roʻyxati (6-ilova)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali