Get Mystery Box with random crypto!

#Эълон #Вазир_жамғармаси Diqqat, e’lon! Vazir jamg‘armasig | Ta'lim nazorati

#Эълон
#Вазир_жамғармаси

Diqqat, e’lon!


Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

Test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ikkinchi bosqichda ishtirok (kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat) etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali