Get Mystery Box with random crypto!

Bugun tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari bos | Ta'lim nazorati

Bugun tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi

2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15-mart kuni soat 20:00 dan boshlab tarix fani oʻqituvchilari uchun diagnostika testlari boshlanadi. Diagnostika testlarida barcha oʻqituvchilar bepul ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Boshqa fanlar boʻyicha boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalida eʼlon qilib boriladi.

Taʼkidlash joizki, diagnostik testlar telegram bot orqali oʻtkazilayotgan boʻlsa, onlayn repetitsiyalar maxsus platformada tashkil etiladi va uning muddatlari haqida vazirlik tomonidan qoʻshimcha eʼlon beriladi.

Diqqat bugun faqat tarix fani o‘qituvchilariga foydalanish tavsiya qilinadi.

Boshqa fanlar ham o‘zlari uchun belgilangan kunda kirishsa, telegram botlar sekinlashmasligiga yordam beradi.

Diagnostik testda ishtirok etish uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

@uztdi_testbot
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali