Get Mystery Box with random crypto!

#Сўраган_эдингиз #Вазир_жамғармаси Vazir jamgʻarmasi hisobid | Ta'lim nazorati

#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali