Get Mystery Box with random crypto!

​​Ikki narsani eslatib o’taman: 1. O’zbekiston Respublikasi D | Uzbekonomics

​​Ikki narsani eslatib o’taman:

1. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i ranglarining biri yashil. Yashil rang - mamlakatimizdagi tabiat va yangilanish ramzi edi.
2. Toshkent shahri gerbi, emblemasining o’rtasida daraxt timsoli bor va uning atrofida “Kuch adolatdadir” deb yozilgan.

Shahar gerbida aytilganidek agar adolat kuchlida emas balki kuch adolatda bo’lganda, qonun ustuvorligi mutlaq ta’minlanganda daraxtlarimiz, bog’larimiz kesilmas edi (barcha shaharlarimizda).

Meni xavotirga soladigan narsa shu, agar hozirgi jarayonlar - daraxtlarni qaqshatqich chopish, shahar bog’larimizni vayron qilish, hamma joyni betonlash, tabiiy bog’larini yo’q qilish va atrof-muhitga nazar-pisandliklarni shu tarzda davom ettiraversak, va eng muhimi bularni sodir bo’lishiga qo’yib bersak, yuqoridagi ikki ramzimizdagi yashil rang va daraxt timsoli o’z ma’nosini butunlay yoqatadi. Kulrang rang reallikni aks ettirishidan xavotirdaman.

O’zbekistonni o’z mamlakati deb bilgan, kelajak va farzandlar hayotiga biroz bo’lsa ham qayg’uradiganlarning barchasiga mana shu muammo taaluqli deb bilaman.

@uzbekonomics