Get Mystery Box with random crypto!

Musiqa tugadi, yoki kutilgan yangilik haqida. Jahon Banki o’ | Uzbekonomics

Musiqa tugadi, yoki kutilgan yangilik haqida.

Jahon Banki o’zining mashhur Doing Business (“Biznes yuritish”) hisobotini butunlay to’xtatdi. Ichki tergov va izlanishlardan so’ng ushbu hisobotda bir qancha manipulyatsiya alomatlari borligi, yuqori rahbariyatdan reytingni tuzuvchilar uchun bosimlar bo’lgani, ba'zi mamlakatlarning reytinglari asliga yaqin emasligi sabab qilib keltirilgan.

"Biznes yuritish" hisoboti ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhim rol o'ynardi, chunki chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun hukumatlar o’z harakatlarining natijasini reyting orqali namoyish etishardi. Shu reytingda falonchi o'ringa kiramiz deb maqsad qo'yishardi. Lekin reytinglarning shaffof va “tozaligi” so'nggi yillarda qizg'in munozaralarga sabab bo'lgandi. Esingizda bo’lsa Nobel mukofoti sovrindori, iqtisodchi Pol Romer 2018 yilda Jahon bankining bosh iqtisodchisi lavozimini tark etib ushbu hisobotga katta shubxasi borligini ta’kidlagan edi. Ishdan ketishining asosiy sababi ham shu bilan bog’liq deyishadi.

Ichki tergovni yuridik firma olib borgan va tergov hisoboti bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Hisobotda bir narsa e’tiborni tortdi, u yerda yozilmagan qoida “Uzbekistan Protocol” haqida gap ketgan. Undan bir iqtibos: “Uzbekistan Protocol”, an unwritten rule that permitted holding back on implementing suspect reforms. (footnote 18)

Eslatib o’taman, Jahon bankining "Biznes yuritish 2020" yillik hisobotida O'zbekiston 69-pog'onaga ko’tarilib, biznes-muhitni yaxshilashda eng katta yutuqlarni ko'rsatgan 20ta eng yaxshi mamlakatlar qatoriga kirgan edi.

@uzbekonomics