Get Mystery Box with random crypto!

'Dok-1 maks ishi”: jinoyat ishi bilan bogʻliq yakuniy sud majl | UzA | Tezkor xabarlar

"Dok-1 maks ishi”: jinoyat ishi bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi

Toshkent shahar sudida  “Dok-1 maks ishi” bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boshlandi. 

Eslatib oʻtamiz, mazkur ish doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat olib borgan 23 nafar shaxs sud oldida javob berdi.

Ular  Hindistonda ishlab chiqarilgan, tarkibida zaharli moddalar boʻlgan “Dok-1 maks” siropi va boshqa dori vositalarini yurtimizga olib kirgan hamda dorilar tarkibini tekshirishga masʼul boʻlgan shaxslardir.

Masʼul shaxslarning masʼuliyatsizligi ortidan mazkur dori vositalarini isteʼmol qilgan 86 nafar bola jabrlandi. Ulardan 68 nafari vafot etgan va 16 nafari ogʻir, 2 nafari yengil tan jarohati olgan.

2022-yilning kuz oylarida yuz bergan mazkur noxush voqea ortidan Davlat xavfsizlik xizmati jinoyat ishi qoʻzgʻatib, tergov harakatlarini olib bordi.

Sud majlisiga raislik qiluvchi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Muso Yusupov sud qarorini oʻqib eshittirmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz