Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiy sahifa 🩺

Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺 T
Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺
Kanal manzili: @tibbiy_sahifa
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.45K
Kanalning ta’rifi

Meditsinaga oid foydali, qiziqarli ma'lumotlar va so‘nggi yangiliklar bilan tanishing!
Sahifa muallifi: @SayidjonovAsilbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-02-07 07:04:57
Homiladorlikka tayyorlanayotganlar har xil ximikatlardan ehtiyot bo‘lishi kerak!

Ayniqsa, o‘simlik parazitlarini o‘ldirishda ishlatiluvchi gerbitsid, pestitsidlardan ham saqlanish lozim. Shuning uchun tashqaridan sotib olingan mevalarni yaxshilab yuvib iste'mol qilish kerak.

Kir yuvishda ishlatiluvchi xlor va ftorga boy oqartiruvchi suyuqliklardan ham. Sababi bularda homiladorlikdan saqlashda ishlatiluvchi moddalar mavjud.

Yaqinlarga ham ulashing

acramov 

Tibbiy sahifa
1.1K viewsedited  04:04
Ochish/sharhlash
2023-02-06 17:20:37
Gemoglobinni ko‘tarishning "mazali usuli"

Retsept:
- 1 stakan grechka
- 1 stakan kefir

Bularni aralashtiring va ustini yopib, 12 soatga olib qo‘ying va biroz asal qo'shib iste'mol qiling.

Bu bo'tqani nonushtada yoki kechki ovqat paytida iste'mol qiling

Shuningdek, grechka tarkibida ko‘plab mikroelementlar mavjud bo‘lib, uglevod miqdori kam bo‘lgani uchun ortiqcha vaznga sabab bo‘lmaydi.

Tibbiy sahifa
141 views14:20
Ochish/sharhlash
2023-02-06 16:44:32
Assalamu alaykum, hurmatli obunachilar!

Ba'zi sabablarga ko‘ra, kanal faoliyati sustlashib qolgani uchun ma'zur tutasiz.

Sizlarga yanada qiziq va foydali ma'lumotlar berishda davom etamiz!

Sizni qiziqtirgan mavzularni, kanal faoliyati haqidagi fikrlaringizni kommentariyada yozib qoldiring, bu biz uchun muhim.

Tibbiy sahifa
595 views13:44
Ochish/sharhlash
2023-02-02 07:25:56
40 yoshdan so‘ng shaxmat o‘ynab turish Altsgeymer va aqliy zaiflik xavfini 50 foizga qisqartiradi.

Va telefondan ham biroz qutqaradi. Shaxmat o‘ynab turing.

acramov 

Siz shaxmat o‘ynashni bilasizmi?

Tibbiy sahifa
1.1K viewsedited  04:25
Ochish/sharhlash
2023-01-25 08:17:40
Bolajon qo‘liga qarab och yoki to‘qligini aniqlash.

Qo‘lchalari musht bo‘lsa, demak hali qorni och. Agar qo‘li ochiq holatda bo‘lsa, demak qorinchasi to‘q.

Oddiy, lekin foydali ma’lumot.

acramov

Tibbiy sahifa
7.9K views05:17
Ochish/sharhlash
2023-01-21 15:19:08


Samarqandda kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

• Tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Oqibatda, xonaga gaz sizib chiqqan va uyquda bo‘lgan kelin-kuyov zaharlanib vafot etgan.

batafsil

Gaz yoki ko‘mirdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Tibbiy sahifa
7.1K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2023-01-20 18:26:01
Namozning sog‘liq uchun foydalari

Islom dini salomatlikka eng yuksak ahamiyat bergan dindir.

Namoz o‘qigan odam bu go‘zal ibodat uchun oxiratda oladigan ajr-mukofotlariga qo‘shimcha ravishda dunyo hayotining o‘zida uning salomatlikka oid manfaatlariga ham albatta erishadi

Bir kunda boshini sakson marta yerga qo‘ygan insonning miyasiga muntazam ravishda ko‘p miqdorda qon oqib keladi.

Miya hujayralarining qon bilan yaxshi to‘yinishi tufayli namoz o‘qiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi. Bunday kishilarning turmush tarzi sog‘lom bo‘ladi. 

Dastavval rukuda tananing teng yarmigacha egilgan bosh miyaga qon kelishi jonlanadi. Shu holatda biroz turgan kishi sajdadan avval rostlanib oladi. Bu bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarni endigi bo‘ladigan kuchli qon oqimiga tayyorlaydi.

Endi namozxon egilib, tizzalariga cho‘kkalab, so‘ng boshini sajdaga qo‘yadi. Natijada qon bosimi baland bo‘lgan kishilar uchun ortiqcha zo‘riqish hosil bo‘lmaydi.

davomi bor

Tibbiy sahifa
8.5K views15:26
Ochish/sharhlash
2023-01-20 17:02:56
Ilk bor o‘zbek shifokorlari siam egizaklarini ajratib oldi

Umumiy vazni 1600 grammni tashkil etgan bu egizaklar o‘tgan yili Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan. Ularning ota-onasi opa-singillarning farzandlari bo‘lgan.

batafsil

Ma’lumot uchun: go‘daklar yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, ya’ni opa-singillarning farzandlaridan dunyoga kelgan.

Tibbiy sahifa
4.5K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-01-19 13:43:48
Ayollar yildan yilga kamroq tug‘ishmoqda: buning asl sababi nimada?

Ayollar ta’lim va mehnat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan oilada farzandlar soni ham qisqarib bormoqda.

Farzand o‘stirish xarajatlari ham oshdi. Bundan 50 yil oldin oilalarning o‘rtacha 5 farzandi bo‘lgan, hozir esa bu ko‘rsatkich 3 nafarga ham yetmaydi.

Sizningcha, bunga sabab nima?

batafsil

Tibbiy sahifa
1.3K views10:43
Ochish/sharhlash
2023-01-17 09:49:25
Bugungi sovuq kunlarda qaynoq maslahat!

Sovuq kunlarda limonni suv yoki limonli choy ichib turing. Shamollashni oldini olishga yordam beradi.

Limon va boshqa sitrus mevalar tarkibidagi C vitamini organizmda kollagen sintezi, temirning so‘rilishi, gormonlar hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Limon tarkibidagi limon kislotasi (sitrat moddasi tufayli) buyraklarda tosh hosil bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.

Faqat bir narsani unutmaslik kerak, limon qon bosimini tushiradi. Shuning uchun uni birdaniga ko‘p iste'mol qilmaslik kerak. Iloji bo‘lsa, unga bir choy qoshiqdan asal qo‘shib iching – shamollashga qarshi zo‘r natija beradi bu!

Bir joyda uzoq o‘tirib, so‘ngra o‘rningizdan turganingizda boshingiz aylanishi - qon bosimi pasayganining yaqqol belgisidir. Bunday holatda limonli suvni tunda, uxlashdan avval ichgan ma'qul.

Tibbiy sahifa
2.4K viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash