Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiy sahifa 🩺

Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺 T
Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺
Kanal manzili: @tibbiy_sahifa
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.45K
Kanalning ta’rifi

Meditsinaga oid foydali, qiziqarli ma'lumotlar va so‘nggi yangiliklar bilan tanishing!
Sahifa muallifi: @SayidjonovAsilbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-05-26 19:26:02
Wi-fi saraton kasalligini keltirib chiqaradimi?

Kuni kecha telegram kanallarda "Wi-Fi rak kasalligini keltirib chiqaradi" sarlavhasi ostidagi postlarga ko‘zim tushdi. Juda ko‘p kanallar bu vahimali, lekin asossiz ma'lumotlarni tarqatishmoqda.

Wi-Fi elektron qurilmalarni ulash uchun elektromagnit nurlanishdan foydalanadi. Ammo bu odamlarning sog'lig'iga xavf tug'dirishi haqida ishonchli dalillar yo'q.

Shu kungacha o‘tkazilgan tadqiqotlarning aksariyati hayvonlarni o'z ichiga oladi. Shunda ham natijalar noaniq bo‘lgan.

Bu shaxsiy fikrlarim emas, bu haqda Amerikaning nufuzli nashrlaridan biri healthline.com (va boshqalar) batafsil ma'lumot bergan. Quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin - batafsil

Asossiz ma'lumotlar bilan xalq orasida vahima ko‘tarish yaxshi emas, shu bilan birga siz ham ma'lumotlarni ishonchli ekanligini tekshirishga harakat qiling!

Tibbiy sahifa
2.7K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-05-24 16:00:47
Homilador ayollarga muhim maslahat

Homiladorlikning 5-oyidan keyin ayollarning qorin sohasida qichishish paydo bo‘lishi mumkin va bu normal holat. Ayni shu paytda qorin sohasini qashish tufayli tufayli tug‘ruqdan keyin chandiqlar paydo bo‘lishi kuzatiladi.

Shunday ekan, bunga e'tiborli bo‘lish, aniqroq aytganda, qorin sohasini qashimaslikni tavsiya etiladi.

Tibbiy sahifa
3.5K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2023-05-24 07:44:34
Magnit bo‘ronlari haqidagi xabarlar jonga tegdi!

Magnit bo‘ronlari – bu Quyosh faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi. Odatda yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlarda bu hodisa seziladi va bir qancha o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Ammo hozirgi kunda bir qancha telegram kanallari #diqqat, #tarqating degan sarlavhalar ostida magnit bo‘ronlari haqida vahimali xabarlar tarqatmoqda. Ularning asosiy maqsadi - o‘z kanallarini ko‘pchilikka tanitish.

Aslida esa vahimaning o‘zi - yarim kasallik degani. Vahima tarqalishi ortidan sog‘lom kishilar ham o‘zlarida holsizlik, bosh aylanishi kabilar kuzatilayotganini aytishmoqda.

Magnit bo‘ronlari 100 yil avval ham bo‘lgan. Yurak qon-tomir, asab tizimi kasalliklari bor insonlar ham vahima qilmasliklari, ko‘proq suv ichib, yog‘li ovqatlar iste'mol qilmasdan va muhimi, bunga bir tabiat hodisasi sifatida qaragan holda kunni o‘tkazishlari lozim.

Tibbiy sahifa
3.7K viewsedited  04:44
Ochish/sharhlash
2023-05-22 15:41:35
Izoh sizdan...

Tibbiy sahifa
3.4K views12:41
Ochish/sharhlash
2023-05-21 11:49:07
#bilasizmi

Bosh og‘rig‘ining eng ko‘p uchraydigan turi

Tibbiy sahifa
1.3K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:09:19
Yapon olimlari quyosh nurlari taʼsirida qaysi tusdagi kiyim koʻproq qizishini aniqlashdi

Jaziramada oq yoki sariq rangdagi kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Qora va yashil rangli kiyimlarni esa salqin kunlar kelgunga qadar chetga olib qoʻygan maʼqul.

Tibbiy sahifa
2.4K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-05-13 17:25:33
Tish yuvishning 4 ta foydasi!

1. Avvalo tish yuvish orqali siz ularni chiroyli ko‘rinishda bo‘lishini ta'minlaysiz va tish kasalliklari xavfini keskin kamaytirasiz.

2. Tishlarni yuvish - sunnat. Shunday qilib, sunnat amalni bajarish orqali savobga ega bo‘lasiz (musulmonlar uchun).

3. Yaponiyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam ravishda tishlarni tozalab yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirar ekan (keyinchalik boshqa olimlar ham buni tasdiqladi, bu haqda internetdan izlab ko‘rishingiz mumkin).

4. Biz bilmagan yana bir talay hikmatlar yashirin

Yaqinlarga ulashing!

Tibbiy sahifa
1.1K views14:25
Ochish/sharhlash
2023-05-07 12:49:10
Grijani dori va operatsiyasiz davolash mumkinmi?

Bel churrasi shu kunlarda eng keng tarqalgan kasallik. Va ko‘pchilik operatsiyadan qo‘rqqani tufayli buni chorasini boshqa taraflardan qidiradi.

Shunday odamlarga javobim: ha, grijani operatsiyasiz davolash mumkin. Ammo bir necha qaydlar bor.

1. Grijadan tezda qutulmoqchi bo‘lsangiz, operatsiya ma’qul
2. Grija operatsiyalari hozirgi kunda bir muncha yengil va asoratsiz amaliyotga aylangan.
3. Grijani operatsiyasiz davolash uzoq muddatni talab qiladi. Shunga iroda va qunt topa olasizmi?
4. Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy mashqlarni uzluksiz bajara olasizmi?

Unda keyingi ikki bo‘lim orqali bemalol davolash mumkin. O‘rtacha 4-10 oyda grijani operatsiyasiz davolasa bo‘ladi.

Bunga tortilish, mashqlar, manual terapiya va kerakli ozuqalarni iste'mol qilish kiradi.

acramov

Tibbiy sahifa
2.9K views09:49
Ochish/sharhlash
2023-05-01 06:20:12
Sigir suti

"Sunan" asarida Abdulloh ibn Mas'ud rivoyatida Payg'ambarimiz s.a.v:
– Sigir sutini iching, u barcha o‘simliklardan oziqlanadi", dedilar.

Sutning foydalari:

Ruhiy kasalliklarni tuzatish va zehnni kuchaytirishda ko‘mak beradi.

Xolesterin miqdorini kamaytirish va qon aylanishini me’yorlashtiradi.

Uyqusizlik va asabiylashishda, bolalarda dermatit va teri qarishi kasalliklarida foyda beradi.

"Rosululloh s.a.v ning tabobati" kitobidan

Tibbiy sahifa
1.6K views03:20
Ochish/sharhlash
2023-05-01 06:09:44
Misr, Turkiya, Xitoyning brend mahsulotlariga (kiyim) qiziqadiganlar uchun ajoyib imkoniyat!

Quyidagi guruhga kirib, siz istagan kiyimlarni topishingiz mumkin!
1.4K views03:09
Ochish/sharhlash