Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiy sahifa 🩺

Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺 T
Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺
Kanal manzili: @tibbiy_sahifa
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.45K
Kanalning ta’rifi

Meditsinaga oid foydali, qiziqarli ma'lumotlar va so‘nggi yangiliklar bilan tanishing!
Sahifa muallifi: @SayidjonovAsilbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-02-15 04:36:43
Gazli ichimlik va grelin

Grelin bu ochlik gormoni hisoblanib, inson och qolganini aynan shu gormon orqali his etadi. Bu gormon qanchalik ko‘p ajralsa, inson ochlikka shunchalik betoqat bo‘ladi.

- Gazli ichimliklar aynan shu gormonni faol ajralishiga rag‘bat beradi.

Coca colani turli ovqatlar bilan birga reklama qilinishini tushunib oldingiz, deb o‘ylayman.

Xushqomatni istaganlar gazli ichimliklardan voz kechishi kerak.

acramov

Tibbiy sahifa
1.1K views01:36
Ochish/sharhlash
2023-02-14 11:51:02
Og‘riq - bu tuzalishning bir qismidir

Tibbiyotda juda ko‘p kasalliklar og‘riqsiz organizmni halokatga yetaklaydi. Qayeringizdir og‘rishni boshladimi, demak organizm sizga yordam so‘rab murojaat qilmoqda.

Ishonchingiz komil bo‘lsinki- organizmda og‘riqni yuzaga kelgunga qadar bir qancha mexanizmlar ishga tushib, mavjud vaziyatni mustaqil hal qilishga urinadi.

Ammo ko‘pincha bu mustaqil urinishlardan kasallik keltiruvchi omil kuchliroq bo‘ladi va og‘riq yuzaga keladi. Og‘riq bu Yaratuvchini bizga bergan oliy ne’matidir. Ayniqsa, vrachlar aynan mana shu belgi mavjudligiga shukur qilishlari kerak. Sababi aynan og‘riq bu tashxis qo‘yishga yordam beruvchi eng katta yordamchidir.

- Qisqa qilib aytganda qayeringizdir og‘rishni boshlasa, bu xabarni bee’tibor qoldirmang va albatta buni chorasini ko‘rishga uruning.

Ishoning bu sizga hayotning bergan eng katta imkoniyatidir

acramov

Tibbiy sahifa
1.3K viewsedited  08:51
Ochish/sharhlash
2023-02-14 08:15:13
#pediatriya

Chaqaloqni 8 kunligidan 28 kunligigacha bo‘lgan davr kechki neonatal davr deyilib, bu davrda bolani normal jinsiy o‘sib, asab-ruhiy rivojlanib borishi, yaxshi emib, uyqusini buzilmasligi uni me'yorida o‘sayotganidan darak beradi.

Bu davrda uning sezgi organlari, birinchi o‘rinda ko‘rish qobiliyati rivojlanadi va onasini tez-tez qo‘lga olib erkalashi natijasida 3-hafta oxirlarida ba‘zi shartli reflekslar: chaqaloqda jilmayish, xursandchilik alomatlarini paydo bo‘ladi.

Tibbiy sahifa
1.7K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-02-13 10:46:02
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun xavfsiz va samarali vositalardan biri bu Ukrop suvidir

Kolikalar (ichak sanchiqlari) bolajonlarda ma’lum bir vaqtda (masalan, ovqatlangandan keyin yoki kechqurun) paydo bo‘ladi. Chaqaloq qattiq baqira boshlaydi, yig‘laydi va oyoqlarini oshqozoniga tortadi.

Ukrop suvi bu tabiiy hamda samarali vosita bo‘lib, birdaniga 4 xil ta’sir ko‘rsatadi:

1. Qabziyatni bartaraf etib, axlatni ravon qiladi
2. Qorindagi ortiqcha gazlarni o‘ziga tortib olib, qorin dam bo‘lishidan saqlaydi.
3. Tinchlantiruvchi ta’sir qilib, chaqoloq uyqusini yaxshilaydi.
4. Siydik haydovchi xususiyati orqali bolajonlarni siydik tuzlari yig‘ilib qolishidan saqlaydi.

- Chaqaloq tug‘ilgandan boshlab bemalol qo‘llash mumkin.
- Homiladorlarlikdagi qorin dam bo‘lishlariga ham tavsiya qilsa bo‘ladi.

Ukrop suvi - bolajonlar qorinchalari uchun komfort yaratib beradi!

Shahar dorixonalaridan so‘rang!

acramov

Tibbiy sahifa
153 views07:46
Ochish/sharhlash
2023-02-13 10:44:02
Dunyoni nima qutqaradi?

Yo‘g‘ee, qanaqa sevgi!
Dunyoni kitob qutqaradi, KITOB!

Kitoblar dunyosi va dunyo kitoblari haqidagi Kitoblarim.. kanalini tavsiya qilamiz.

Obuna bo‘ling
Kitoblarim..
209 views07:44
Ochish/sharhlash
2023-02-13 05:36:53
#pediatriya

Homiladorlikning dastlabki 3-7 haftalarida embrionning asosiy tana organlari rivojlana boshlaydi. Shu sababli, bu davr rivojlanishning eng nozik davri hisoblanadi. Chunki bu paytdagi har qanday yomon ta'sirot bola rivojlanishida jiddiy nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Homiladorlikning 37-42 haftalari orasida tug‘ilgan bolalarni vaqtida tug‘ilgan, 37 haftadan (259 kun) oldin tug‘ilgan bolalarni vaqtidan ilgari, chala tug‘ilgan, 42 haftadan keyin tug‘ilgan bolalarni esa kech tug‘ilgan deyiladi.

Sizning farzandingiz vaqtida tug‘ilganmi?

Tibbiy sahifa
1.2K viewsedited  02:36
Ochish/sharhlash
2023-02-12 11:17:02
Aksirishni ushlab turish xavflimi?

Burunga tushgan chang, tutun, mikrob yoki boshqa yot jismlarga nisbatan himoya reaksiyasi sifatida aksirish paydo bo‘ladi.

Aksirish vaqtida nafas tizimidagi bosim odatdagidan 24 martagacha ortadi va buni ushlab turishga urinish ba’zi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yuqori bosimli aksirishni to‘liq ushlab qolsangiz, bu quloq pardasi yorilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, havoni burun yo‘lidan quloqlarga qayta yo‘naltirish bakteriyalarni yoki zararli shilimshiqni o‘rta quloqqa o‘tib, infeksiya keltirib chiqarishi mumkin.

Aksirishni ushlab qolish tufayli eng yomon oqibatlar sifatida diafragma shikastlanishi, miya anevrizmalari kuzatilishi mumkin. Shuning uchun organizm bunga ehtiyoj sezganida aksirishni to‘xtatishga urinmang!

Tibbiy sahifa
2.3K views08:17
Ochish/sharhlash
2023-02-12 09:10:58
Qorin bilan yotib uxlash bosh og'rig'iga va hatto insultga olib kelishi mumkin

Boshingizni shu tarzda aylantirib, qorin bilan uxlash boshni qon bilan ta’minlovchi arteriyalarga noqulaylik tug‘dirgani tufayli ertalab bosh og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, ateroskleroz bilan og'rigan odamlar (ko'pincha qariyalar) miyaga qon oqimining kamayishi natijasida qorin bilan uxlab yotgan holda insultga duchor bo'lish xavfi mavjud.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, insult va yurak xurujining aksariyati tunda sodir bo'ladi.

Tibbiy sahifa
2.2K viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash
2023-02-11 10:55:08
Tish pasta tarkibidagi laurilsulfat ta’m bilishni pasaytiradi.

Tish pastasidagi ko‘pirtiruvchi modda laurilsulfat natriy shirin va achchiq ta’mni sezuvchi reseptorlarga ta’sir o‘tkazadi. Shu tufayli tish yuvgandan keyinoq ovqatga o‘tirish tavsiya etilmaydi. Aksincha undan keyin tish yuviladi, ammo Amerika manbalari nonushtadan avval tish yuvishni maslahat berishadi.

acramov

P.S. Misvok ishlatish xavfsiz va foydali!

Tibbiy sahifa
735 views07:55
Ochish/sharhlash
2023-02-10 16:55:23
Xolni olib tashlasa bo‘ladimi?

Xolni olib tashlashning ikkita muhim qoidasi bor.

Birinchidan: Xolni xavfsiz yoki tegib bo‘lmasligi haqidagi tugal xulosaga kelish uchun dermatolog, onkolog ko‘rigidan o‘tish kerak. Ularning yakdil xulosalaridan so‘ng mutaxassis kosmetolog yoki dermatologga uchrashib oldirish mumkin.

Ikkinchidan: Xollarni ko‘pincha 18 yoshdan so‘ng oldirish tavsiya etiladi. Agar ko‘rinmaydigan va kosmetik jihatdan noqulaylik tug‘dirmasa, teginmagan ma’qulroq.

acramov

Tibbiy sahifa
1.1K views13:55
Ochish/sharhlash