Get Mystery Box with random crypto!

Namozning sog‘liq uchun foydalari Islom dini salomatlikka e | Tibbiy sahifa 🩺

Namozning sog‘liq uchun foydalari

Islom dini salomatlikka eng yuksak ahamiyat bergan dindir.

Namoz o‘qigan odam bu go‘zal ibodat uchun oxiratda oladigan ajr-mukofotlariga qo‘shimcha ravishda dunyo hayotining o‘zida uning salomatlikka oid manfaatlariga ham albatta erishadi

Bir kunda boshini sakson marta yerga qo‘ygan insonning miyasiga muntazam ravishda ko‘p miqdorda qon oqib keladi.

Miya hujayralarining qon bilan yaxshi to‘yinishi tufayli namoz o‘qiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi. Bunday kishilarning turmush tarzi sog‘lom bo‘ladi. 

Dastavval rukuda tananing teng yarmigacha egilgan bosh miyaga qon kelishi jonlanadi. Shu holatda biroz turgan kishi sajdadan avval rostlanib oladi. Bu bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarni endigi bo‘ladigan kuchli qon oqimiga tayyorlaydi.

Endi namozxon egilib, tizzalariga cho‘kkalab, so‘ng boshini sajdaga qo‘yadi. Natijada qon bosimi baland bo‘lgan kishilar uchun ortiqcha zo‘riqish hosil bo‘lmaydi.

davomi bor

Tibbiy sahifa