Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiy sahifa 🩺

Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺 T
Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺
Kanal manzili: @tibbiy_sahifa
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.45K
Kanalning ta’rifi

Meditsinaga oid foydali, qiziqarli ma'lumotlar va so‘nggi yangiliklar bilan tanishing!
Sahifa muallifi: @SayidjonovAsilbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-01-16 17:18:28
Global muammo: bolam perlovka yemaydi yoki grechkani yomon ko‘radi, farzandim qatiq ichishni yoqtirmaydi..

Ota-onalar farzandlariga bir talay foydali mahsulotlardan ovqatlar tayyorlab berishadi, lekin bolalar ba'zi mahsulotlarni "yeya olishmaydi". Bunga sabab nima?

Perlovka, grechka yana sut va sut mahsulotlari, albatta, bular organizm uchun juda foydalidir. Bolalarni yoqtirmasligiga sabab shuki, odatda bu mahsulotlarni bolaligidan berib o‘rgatmaymiz.

Natijada katta bo‘lib qolgan bola, aytaylik, sholg‘om kabi shamollashda o‘ta foydali, lekin biroz taxir ta'mga ega sabzavotni yeb ko‘radi va ko‘p hollarda umuman yoqtirmaydi, yeyishdan bosh tortadi.

Shuning uchun 3 yoshdan boshlab (bu yoshdan keyin bolaga o‘zingizni ratsioningizdagi deyarli barcha ovqatlarni berishingiz mumkin) turli mahsulotlarni berib, o‘rgatish lozim.

Sizni farzandingiz qaysi mahsulotlarni yomon ko‘radi?

Tibbiy sahifa
1.8K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:15:12
Sovuqda qanday jon saqlayapsizlar, azizlar?

Bolalar va qariyalarni ehtiyot qilinglar. Sovuq va qattiq issiq, ayniqsa, qariyalar uchun jiddiy sinov doim.

acramov

Tibbiy sahifa
1.9K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-01-13 08:46:01
Sizda kamqonlik (anemiya) bormi?

• Xalqimiz orasida kamqonlik juda ko‘p uchraydigan muammoga aylanib bormoqda. Har qanday sog‘lom insonni gemoglobin miqdorini tekshirsangiz ham normada chiqish ehtimoli juda past, afsuski.

Sizga gemoglobinni oshirish uchun yaxshi tavsiya beraman. Ammo avval shuni bilish kerakki, kamqonlikni turlari bor va siz qon tahlili orqali buni aniqlab, keyin davo chorasi ko‘rsangiz, natija samarali bo‘ladi.

Albatta, bizda eng ko‘p uchraydigan turi - bu temir tanqisligi bilan bog'liq anemiya. Temir miqdori bo‘yicha mol jigariga teng keladigan mahsulot yo‘q! (100 gr da 12 mg)

Mol jigarini bir hafta davomida oz-ozdan iste'mol qilsangiz, gemoglobin ko'tariladi. Shuningdek, organizmda temir so'rilishi uchun C vitamini kerak - aptekada sotiladigan askorbin kislota.

Tibbiy sahifa
1.9K views05:46
Ochish/sharhlash
2023-01-12 07:56:42
Anomal sovuqda ishga ketishdan oldin o‘ylaganlarim:

Atmosferani yildan yilga ifloslantiraversak, faqat battar bo‘ladi. Yozimiz issiq, qishimiz qattiq.

Bunaqa sovuqda, issiq uyda, ishga bormasdan ishlaydigan kasb egasi bo‘lish kerak. IT sohasini farzandlarga o‘qitish kerak.

Qishloqdagilar nima qildiykin. Sharoiti yo‘q, uyida o‘tin va ko‘miri yo‘q oilalar qanday jon saqlayapti ekan?..

Shu qalin bo‘lmagan, lekin issiq ushlovchi materiallar yaratilsa bo‘lmasmikin. Qo‘pol bo‘lmasdik.

Sibirga surgun qilingan o‘zbekistonliklar har kuni shunday og‘ir sharoitlarda ishlashganmikina?

- Nega odam issiq o‘lkalarga qushlarga o‘xshab uchib ketmas ekan a?

acramov

Tibbiy sahifa
1.4K views04:56
Ochish/sharhlash
2023-01-07 15:50:09
Namanganda «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilgan 3 yoshli bola vafot etdi

• Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi unga uy sharoitida shifokor ko‘rsatmasisiz «Dok-1 Maks» preparatidan ichirgan.

batafsil

Tibbiy sahifa
1.6K views12:50
Ochish/sharhlash
2023-01-06 18:23:09
Uxlashdan avval uylarni shamollating

To‘g‘ri qishloqlarda uyni isitishni o‘zi bo‘lmaydi. Ammo uyqudan oldin shamollatish juda muhim. Xona havosini kislorod bilan boyitish va zararli tutunlarni chiqarib yuborish kerak.

Ayrimlar uyi issiq bo‘lsa ham uyini vakuum qilib tashlaydi. Bu xato. Ayniqsa, yosh bola bo‘lsa.

acramov

Tibbiy sahifa
1.9K viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2023-01-06 18:22:46
Tinglovchisi eshitmasa, eng go’zal so’zlar ham qiymatini yo’qotishi aniq.

Qay dilda Sen yo‘qsan, u dil o‘likdir.
Eng buyuk ozodlik Senga qullikdir
.

Kitob mutolaasiga qiziqadiganlar uchun tavsiya - Solihalar kundaligi

Obuna bo‘ling
1.7K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:28:56
«Quramax Medical»ning O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

«Dok-1 Maks»ning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Avvalroq sirop tarkibida etilenglikol normadan 300 barobar ko‘pligi aniqlandi.

batafsil

Ro'yxatdagi dorilarni sotish, sotib olish mumkin emas!

Tibbiy sahifa
2.5K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:12:11
Immun tizimi semizlik va suvsizlikni yoqtirmaydi.

Immun tizimi deganimizda ko‘zimiz oldiga qandaydir sejrli kuch kelishi ehtimol. Aslida immunitetimiz bir gala faol hujayralardan iborat tizimdir.

Bu hujayralar suyuqlik muhitida tezroq harakatlanadi. Ortiqcha vaznda qonda glyukoza, har hil xolesterinlar, lipidlar ko‘p bo‘ladi.

Soddaroq qilib tushuntirsam, suvda suzuvchi o‘rdak, agar suvda turli axlatlar, baklashkalar, to‘siqlar bo‘lmasa manzilga tez va oson yetib boradi.

O‘sha o‘rdak semiz va suv kam iste’mol qiluvchi odamlar organizmida yaxshi xarakat qilolmaydi. Sababi, birinchidan suyuqlik kam, ikkinchidan suyuqlik ifloslangan.

Suv iching va ozing.

acramov

Tibbiy sahifa
2.2K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-01-05 11:18:53
Boʻgʻim kasalliklari aksariyatida yotoq rejim faqat zararga ishlaydi.

Koʻp vrachlar boʻgʻim kasalliklarida (artrit) yotoq rejim va kamharakatlik buyurishadi. Bu notoʻgʻri.

Sababi har qanday boʻgʻim xaltasining ichida maxsus boʻgʻim suyuqligi boʻladi. Bu suyuqlik boʻgʻimni oziqlantiradi, qayta tiklaydi va yoshartiradi. Suyuqlik inson faol harakat qilganda koʻp ajraladi.

Yotoq rejim tuzalishni kechiktiradi. Boʻgʻimingiz kasallansa, faolroq harakat qiling.

acramov

Tibbiy sahifa
1.8K views08:18
Ochish/sharhlash