Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiy sahifa 🩺

Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺 T
Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺
Kanal manzili: @tibbiy_sahifa
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.45K
Kanalning ta’rifi

Meditsinaga oid foydali, qiziqarli ma'lumotlar va so‘nggi yangiliklar bilan tanishing!
Sahifa muallifi: @SayidjonovAsilbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-05-01 05:08:25
#qiziq

Britaniya olimlarining tadqiqotlariga ko'ra..

Oilada farzand tug‘ilganida ota-ona 6 yil davomida to‘liq uyqudan mahrum bo‘lar ekan.

Jajji va shirin farzandi borlarga alohida xayrli kun

Tibbiy sahifa
1.6K views02:08
Ochish/sharhlash
2023-04-22 14:54:59
​​ Yolg‘onchi dorilarning belgilari!

Agar tannarxidan ko‘ra o‘ta qimmat bo‘lsa;

Sotuvchi sizga bu dorini o‘tkazishga qattiq kirishgan bo‘lsa. Sizni tinch qo‘ymasa;

Dorini hamma kasallikka davo desa yoki juda ko‘p kasalliklarga davo desa;

Dorini kelib chiqishi haqida afsonalar to‘qisa. Aytaylik, qandaydir tog‘ cho‘qqisida o‘suvchi o‘simlik, okean tubida to‘planuvchi modda, ayrim joylarda o‘suvchi va topilmas qo‘ziqorin, xullas bir balolardan olingan desa;

Effektini rak, jigar sirrozi va boshqa og‘ir kasalliklardayam zo‘r deb maqtayverilsa;

Shou biznes vakillari, tibbiyotga aloqasi yo‘q odamlar uning ta’sir mexanizmini tushintirsa;

acramov

Tibbiy sahifa
3.1K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:17:21
Barcha musulmon ahliga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Alloh Ramazon oyida qilgan xayrli amallaringizning ajrini ko‘paytirib bersin, gunohlarimizni kechirsin.

Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik va kuchli immunitet tilaymiz.

Qalbingizdagi ezgu niyatlaringizni Alloh ijobat qilsin!

Tibbiy sahifa
1.6K views02:17
Ochish/sharhlash
2023-04-16 12:26:41
Gijja va bolalar!

Bola 10-12 oylikdan yura boshlaydi va uning "mustaqil sayohat qilish chegarasi" ortib boradi. Endi u tabiat bilan bevosita aloqada bo‘ladi.

Suv, tuproq, quyosh - umuman tabiat bilan uyg'un holda yashash, albatta, bolani chidamli qiladi. Lekin har narsani og‘ziga solib ko‘rishi unda kasalliklar rivojlanib borishiga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston sharoitida yuvilmagan qo‘llar, sabzavot, mevalar orqali bolalarga gijja kasalliklari yuqishi ko‘p uchraydi. So‘ngra ota-onalar uzoq muddat gijja bilan kurashishga harakat qilishadi. Shuning uchun kasallikni oldini olishga alohida e'tibor qaratish lozim.

Gijja kasalliklarini davolash haqida alohida post qilamiz.

Tibbiy sahifa
988 views09:26
Ochish/sharhlash
2023-04-16 12:22:59
Eng so'nggi premyeralar va seriallar hammasini bitta kanaldan topishingiz mumkin

Hali chiqmagan kinolar ham bor
965 views09:22
Ochish/sharhlash
2023-04-15 07:48:06
Ko‘katlar organizm foydali, ammo..

Ko‘katlardagi vitamin va minerallar organizm uchun zarur, albatta. Ammo yana bir jihati borki, bunga ko‘pchilik e'tibor bermaydi.

Bozor va supermarketlardan ko‘kat sotib olganingizda ularni iste'mol qilishdan avval yaxshilab yuvish shart!

Buning uchun tuzli suvdan foydalaning. Idishga suv va tuz solib, ko‘katlarni ma'lum vaqtga solib qo‘ying, so‘ngra toza suvda yuvib tashlang.

Unutmang, ko‘katlar gelmintlar uchun juda yaxshi maskan. Yaxshi yuvilmasa, parazitlarni yuqtirib olish hech gap emas.

Tibbiy sahifa
1.5K viewsedited  04:48
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:16:24
Markaziy Osiyo shifokorlarining maoshi taqqoslab ko‘rildi

O‘zbekiston shifokorlarining o‘rtacha maoshi 2,6 mln so‘mga ($231) teng, bu Markaziy Osiyo davlatlari ichida uchinchi ko‘rsatkich.

Eng yuqori maosh qozog‘istonlik shifokorlarga tegishli bo‘lib, 416 ming tenge yoki 923 AQSH dollariga teng.

Ikkinchi o‘rinda - turkmanistonlik shifokorlar. Ularning o‘rtacha maoshi 548-1580 manat yoki 156-451 AQSH dollarini tashkil qiladi.

To‘rtinchi o‘rinda – qirg‘izistonlik shifokorlar. Ularning o‘rtacha maoshi 19,3 ming qirg‘iz so‘mi yoki 221 AQSH dollariga teng.

Eng past maoshni tojikistonlik shifokorlar olyapti. Ularning o‘rtacha maoshi 1550 somoniy yoki 142 AQSH dollariga teng.

batafsil

Tibbiy sahifa
2.1K views09:16
Ochish/sharhlash
2023-04-13 07:49:42
Xo‘sh, so‘rg‘ichlar gigiyenik jihatdan xavfli bo‘lsa, unda boshqa muqobil variant bormi?

Men yuqorida so‘rg‘ichlarni xavfini aytdim, lekin bugungi kunda hech kim bundan voz kechmaydi.

"O‘zini o‘zi tozalab turadigan" gigiyenik toza so‘rg‘ichlar yo‘q, albatta. Shunday ekan, onalar farzandiga berayotgan so‘rg‘ichlarni toza ekanini muntazam nazorat qilib borishga harakat qilishlari lozim.

Ba'zi shifokorlar kun davomida 3-4 ta so‘rg‘ich ishlatib, ishlatilgan so‘rg‘ichlarni suvda qaynatib qo‘yishni tavsiya qiladi. Lekin rezinadan tayyorlangan so‘rg‘ichlarni baland haroratda qaynatish ma'lum miqdorda ularning tarkibi buzilishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Xulosa - bolangizga berayotgan so‘rg‘ichlar sonini ko'paytiring, har doim ularga toza so‘rg‘ich berishga odatlaning!

Tibbiy sahifa
635 viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-13 07:49:25 #biz_qaytdik

Uzoq muddatli tanaffus uchun uzr so‘raymiz.

Kuzatuvchilarga minnatdorchilik bildirgan holda Tibbiy sahifa kanali o‘z faoliyatini davom ettiradi.
543 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:23:07
Chaqaloqqa so‘rg‘ich berish xavflimi?

Hozir men so‘rg‘ichlar chaqaloqning tishlari chiqishida, nutq rivojlanishida ba'zi noqulayliklarga sabab bo‘lishiga to‘xtalib o‘tmayman.

Bu postimga onalar diqqat qilishini so‘rab qolardim. So‘rg‘ichlar gigiyenik jihatdan xavflidir. Odatda bolaga har safar so‘rg‘ich berishdan avval uni toza ekaniga yaxshilab e'tibor berilmaydi.

Eng yomoni, ba'zan bolalarni bo‘yniga ip bilan so‘rg‘ichni ilib qo‘yishganiga ham guvoh bo‘lamiz. Bola har joyda emaklaydi, yuradi, xullas, so‘rg‘ichga bir qancha infeksiyalar ilashadi va bola uni og‘ziga soladi. Eng ko‘p uchraydigan gijja kasalliklarini ham og‘iz orqali yuqtirib olish juda oson.

davomi bor..

Tibbiy sahifa
1.8K viewsedited  04:23
Ochish/sharhlash