Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiy sahifa 🩺

Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺 T
Telegram kanalining logotibi tibbiy_sahifa — Tibbiy sahifa 🩺
Kanal manzili: @tibbiy_sahifa
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.45K
Kanalning ta’rifi

Meditsinaga oid foydali, qiziqarli ma'lumotlar va so‘nggi yangiliklar bilan tanishing!
Sahifa muallifi: @SayidjonovAsilbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-03-08 07:21:45
Xo‘sh, nimaga o‘xshayapti bu?

Tibbiy sahifa
1.5K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-02-28 07:48:04
Bu dardning oldini olishda sog‘lom ovqatlanish ham katta ahamiyatga ega. Tarkibi magniy va kaliyga boy mahsulotlarni ko‘proq is’temol qiling.

Ushbu darmondorilar kartoshka, grechixa bo‘tqasi, tarvuz, shokolad, banan, o‘rik turshagi, mayiz va yong‘oqlarda mavjud.

Uxlash oldidan oyoqqa kontrast vannalar qabul qiling. Ammo issiq va sovuq orasidagi farq 5 darajadan oshmasligi lozim. Suvga dengiz tuzlaridan solib yuborsangiz ular mushaklar bo‘shashishiga yordam beradi.

acramov

Tibbiy sahifa
911 views04:48
Ochish/sharhlash
2023-02-28 07:47:52
Ko‘pchilik oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar. Buning sabablari va oldini olish borasidagi maslahatlar

Oyoq tomirlari tortishganda yotgan holda oyoqlarni asta buking va qo‘yib yuboring, toki og‘riq ketguncha mashqni asta-sekin takrorlang.
Agar shunda ham qolmasa, oyoqlarni, ayniqsa tizzani uqalang, agar bu sizga noqulaylik tug‘dirsa, turmush o‘rtog‘ingizdan iltimos qiling.

Tomir tortishib turgan joyga dorixonalarda sotiladigan xantalni namlab yopishtiring. Xantal oyoq mushaklarini qizdirib, tinchlantiradi.

Shuningdek, dorixonalarda sotiluvchi muzlatuvchi gel kremlardan foydalanish mumkin. Ammo avval yo‘riqnomasini yaxshilab o‘qib chiqing, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tomir tortishayotgan joyga geldan surting, mushaklar tinchlanadi.

acramov

Tibbiy sahifa
843 views04:47
Ochish/sharhlash
2023-02-27 14:25:18
#bilasizmi

Atigi 16 haftalik (4 oylik) homila allaqachon to'liq huquqli shaxs hisoblanadi.

Tibbiy sahifa
1.3K views11:25
Ochish/sharhlash
2023-02-26 08:15:13
Bahorga yaqin vitamin va minerallar bilan organizmni to‘ydirish ayni vaqti

Yil bo‘yi kasal bo‘lmaslik uchun hozirdan harakat qilish kerak

Vitaminlar B6, B12, C, K va D3 kabi ko‘p ishlatiladiganlarni, minerrallar Sink, Kalsiy, Magniy kabilarni zahiralab qo‘yish kerak.

Vitaminlar organizmda ortiqcha bo‘lsa va o‘sma kasalliklarida mumkin emas. Sababi vitamin o‘sma hujayrasini ham quvvatlaydi.

Bundan tashqari aminokislotalarni ham unutmaslik kerak. Arginin, Karnitin, Lesitinip va boshqalarni. Umuman, organik kelib chiqishga ega mahsulotlarni iste’mol qilish foydadan holi emas.

Hozirda bir necha shunday quvvatlovchilarni saralash bosqichidamiz. Tez orada tavsiya ham qilamiz.

acramov

Tibbiy sahifa
929 views05:15
Ochish/sharhlash
2023-02-20 06:16:13
Anor po‘chog‘ini tashlab yuborishga shoshilmang!

Anor po‘chog‘idan yo‘talga qarshi foydalanamiz:

Anor po‘chog‘ini suvga solib, suv pushti rangga kirgunicha qaynating. Keyin esa unga biroz asal qo‘shib iching. Bu sizga surunkali yo‘talni yengishda ajoyib natija beradi.

Anor qobig‘ining yana boshqa foydali xususiyatlari haqida bilasizmi?

Tibbiy sahifa
2.3K views03:16
Ochish/sharhlash
2023-02-19 14:43:34
Qish chiqishi va bahor kelishi bilan organizmda kuchli vitamin, minerallar taqchilligi yaqqol seziladi

Ayni kunlardan boshlab ovqatlanish rasionimizni jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz va salat, ko‘kat - umuman vitaminga boy mahsulotlar bilan qayta to‘ldirishimiz kerak.

Nutritsiologlar fikricha, fevral - oylar ichida eng og‘ir bo‘lgan oydir. Bu oyda qishki energiya zahiralari tugab, kun uzunligi ortishi bilan organizmda kuchli toliqish yuzaga keladi.

Sodda qilib aytganda, fevral oyi zapravka qiladigan oy. Vitamin va minerallar bilan organizmni zapravka qilib olsak - kuz, qish oylarida kasal bo‘lish ehtimolimiz 40-50% darajaga kamayadi.

Vitaminlar to‘g‘risida asta- sekin yoritib boraman kanalda.

acramov

Tibbiy sahifa
771 views11:43
Ochish/sharhlash
2023-02-19 05:13:00
Toshkent viloyatida bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Oilaning 3 nafar a’zosi esa noma’lum etiologik zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun qovurilgan baliq va moshkichiri ovqati qoldiqlari, pomidor va bodringdan tayyorlangan tuzlama, kompot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.

batafsil

Tibbiy sahifa
410 views02:13
Ochish/sharhlash
2023-02-18 17:39:02
Tez ozish faqat kasallikda bo‘ladi

Qandli diabet, tireotoksikoz, rak va boshqa kasalliklarda organizmda yog‘larni tez parchalash, dissimilatsiya jarayoni aktivlashib ketadi. Natijada odam bir oyda 15-20 kg gacha ozishi mumkin.

Boshqa hollardagi bir oyda buncha miqdordagi ozish yo organizmni sistemasini izdan chiqaradi yoki yolg‘on gap.

15-20 kg ozish uchun kamida 4-5 oy vaqt kerak

acramov

Tibbiy sahifa
1.6K views14:39
Ochish/sharhlash
2023-02-18 15:27:00
Tug‘ildi-yu:
"Ux, O‘zbekistondamanmi?", deb o‘ylanib qoldi..


Tibbiy sahifa
368 views12:27
Ochish/sharhlash