Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘pchilik oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar | Tibbiy sahifa 🩺

Ko‘pchilik oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar. Buning sabablari va oldini olish borasidagi maslahatlar

Oyoq tomirlari tortishganda yotgan holda oyoqlarni asta buking va qo‘yib yuboring, toki og‘riq ketguncha mashqni asta-sekin takrorlang.
Agar shunda ham qolmasa, oyoqlarni, ayniqsa tizzani uqalang, agar bu sizga noqulaylik tug‘dirsa, turmush o‘rtog‘ingizdan iltimos qiling.

Tomir tortishib turgan joyga dorixonalarda sotiladigan xantalni namlab yopishtiring. Xantal oyoq mushaklarini qizdirib, tinchlantiradi.

Shuningdek, dorixonalarda sotiluvchi muzlatuvchi gel kremlardan foydalanish mumkin. Ammo avval yo‘riqnomasini yaxshilab o‘qib chiqing, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tomir tortishayotgan joyga geldan surting, mushaklar tinchlanadi.

acramov

Tibbiy sahifa