Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.68K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-07-04 16:24:20
#qabul2023

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 803 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 542 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 981 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 223 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 57 ta.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:
@eduuz
821 views13:24
Ochish/sharhlash
2023-06-12 18:45:06
Siz yangi qonunni bilasizmi?

Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlaridan ularni xabardor qilish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida TerDU Xotin-qizlar Kengashi hamda universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilar va tyutorlari shuningdek fakultet talaba qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Qiziqarli savollarga boy bo‘lgan viktorinada

1-o‘rinni “Huquqshunoslar” jamoasi (Yuridik fakulteti)
2-o‘rinni “Dasturchilar” jamoasi (Axborot texnologiyalari fakulteti)
3-o‘rinni “Shine” jamoasi (Xorijiy filologiya fakulteti) egalladi.

Yuqori o‘rinni egallagan jamoalar diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-06-12 14:27:22
#para_sambo_chempionati

Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida para Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Termiz davlat universiteti magistratura mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari Ilhom Jo'rayev oltin va Sirojiddin Abdullayev kumush medali sovrindori bo'lishdi.

Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.9K views11:27
Ochish/sharhlash
2023-06-12 14:23:45
Hindistonlik professorlar TerDUda

Termiz davlat universitetiga bir guruh hindistonlik professor-oʻqituvchilar tashrif buyurishdi.

Dastlab mehmonlar Surxondaryo viloyatidagi eng yirik oliy taʼlim muassasasi hisoblangan Termiz davlat universiteti faoliyati, keyingi yillarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning munosib zamonaviy shart-sharoitlarda taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, yuz berayotgan yangiliklar, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdi.

Shundan soʻng Axborot-texnologiyalari fakultetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M.Xoshimxo‘jayeva, Moliya va iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori O.Abdugʻaniyev, fakultet dekanlari va hindistonlik professor-oʻqituvchilar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad nufuzli universitetlar bilan oʻzaro tajriba almashish va yaqin aloqalar oʻrnatish, doktorant va yosh oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib, almashuv dasturlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Tashrif doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views11:23
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:15:42
Termiz davlat universitetida
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan
"Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" hamda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiorlari ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.7K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-06-10 16:53:31
"Yoshlar oyligi" doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri yoshlarni oʻz bagʻriga chorlaydi!

12-iyun, soat 19:00da "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar sayliga barchani taklif etamiz.

Dastur mehmonlari estradamiz yulduzlari, Shohruhxon, Sevinch Ismoilova, Sardor Toirov, Marokand guruhi hamda Bojalar guruhi.

Kirish bepul.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views13:53
Ochish/sharhlash
2023-06-10 14:31:59
#OAV | #Diyor_yangiliklari

Termiz davlat universiteti qoshida 5 ta ilmiy kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda turli yoʻnalishlardagi amaliy ishlar himoya qilinmoqda. Jarayonlar OAV nigohida.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views11:31
Ochish/sharhlash
2023-06-10 14:20:12
"Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi

Termiz davlat universiteti Akademik litseyida "Rektor kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

Futbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi, kurash, tosh ko'tarish, bellashuvlarida o'g'il bolalar va qizlar faol ishtirok etib, o’z kuch va mahoratini sinovdan o’tkazishdi.

"Rektor kubogi" musobaqalari yakunida g'oliblar diplom, medal hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.4K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-06-10 13:45:45
#OAV | #Zamin_online

Termiz davlat universitetida “30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida, “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi OAV nigohida

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.4K views10:45
Ochish/sharhlash
2023-06-10 13:42:29
UCH AVLOD UCHRASHUVI

Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga eʼtibor va gʻamxoʻrlik qilish, ularga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat koʻrsatish maʼnaviy hayotimizning tom maʼnoda ajralmas qismiga aylangan. Zero, keksalarning oltin oʻgitlariga amal qilib yashash komillik, turmush farovonligimiz va tinchlik-osoyishta hayotimiz garovidir.

30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan  "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" hamda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiorlari ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Uchrashuvda turli sohalarda samarali faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar, harbiylar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda mehmonlar yosh avlod vakillariga o'zlarining bosib o'tgan hayot yo'llari haqida, muvaffaqiyatlari va hayotidagi qiyinchiliklari, shuningdek, universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida so'z yuritdi.

Bundan tashqari harbiy qism komandirlari yoshlarga harbiylar hayoti, bugungi kunda yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida to'xtalib o'tishdi. Mazmunli va samimiy tarzda o'tgan bu uchrashuvdan uch avlod vakillari birdek mamnun bo'lishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.1K views10:42
Ochish/sharhlash