Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.68K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2023-05-11 15:45:13
#qutlov

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Mamataliyeva Navbahor Xujamberdiyevnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida “vatan” mazmunli aforizmlarning semantikasi va strukturasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Navbahor Xujamberdiyevnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog'lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin!

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.4K views12:45
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:45:23
Oila muqaddas makon

Termiz davlat universitetida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila muqaddas makon" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Unda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi rahbari M.Xafizova, psixolog N.Jo‘rayeva, Termiz Davlat universiteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha Kengash raisi D.Xamzayeva hamda fakultet xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchilari, talabalar ishtirok etishdi.

So’zga chiqqanlar ta’kidlashganidek, oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy-ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining asosiy negizini tashkil etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:45:27
Yoshlar murojaatlari yechimini topmoqda

Prezidentimizning yoshlar bandligini taʼminlash, sifatli taʼlim bilan qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish boʻyicha tegishli vazifalari asosida Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov tomonidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Termiz shahridagi Yoshlar markazida “qizil” toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, sektor rahbarlari, tashkilot va korxona masʼullari, ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mutasaddilar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.

Unga ko'ra, Termiz shahridan "qizil" toifaga kiritilgan yoshlarning qiziqishlariga qarab Termiz davlat universitetida ingliz tili, IT va sport to'garaklari bepul tashkil etilishi ma'lum qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.1K views06:45
Ochish/sharhlash
2023-05-04 03:30:54
Uchrashuv soʻngida mehmonlar Termiz davlat universitetida talabalarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, jumladan, Axborot texnologiyalari fakultetida talabalar ixtiyoriga topshirilgan shinam va yorugʻ, zamonaviy Axborot resurs markazi filial kutubxonasidagi qulayliklarni alohida e'tirof etishdi. Ayni paytda mazkur kutubxona fondi 97 440 nomda darslik, oʻquv qoʻllanma, ilmiy va badiiy adabiyotlardan iborat.

Shuningdek, mehmonlar universitet hududida innovatsion texnopark, zamonaviy ilmiy tekshirish laboratoriya va magistrallar tayyorlov oʻquv amaliy-ilmiy markaziy binosining loyihasini koʻzdan kechirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.1K views00:30
Ochish/sharhlash
2023-05-04 03:01:31
Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Mazkur uchrashuvda shoirning oila aʼzolari, universitet rektori, professor A.Maraximov, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda soʻz olgan universitet rektori A.Maraximov shoir ijodi, uning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni va yosh avlodni vatanparvar etib tarbiyalashda Usmon Azim asarlarining ahamiyati haqida soʻz yuritdi.

Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda adib bugungi adabiy muhit, uning hayotimizda tutgan oʻrni, yutuq va kamchiliklari, oʻzbek adabiyotining oldidagi katta vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida shoir ijodiga katta qiziqish bildirgan talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda shoir va o’z ijod namunalaridan o’qib berishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.0K views00:01
Ochish/sharhlash
2023-05-04 02:20:07
Ёшлар билан ишлаш, спортни оммалаштириш ва таълим сифатини ошириш масалалари муҳокама қилинди

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.4K views23:20
Ochish/sharhlash
2023-04-30 11:02:11
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hududida joylashgan 253-referendum uchastkasidagi ovoz berish jarayonidan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
877 views08:02
Ochish/sharhlash
2023-04-30 10:41:36
Referendumda imkoniyati cheklangan talabalar ham faol ishtirok etmoqda

Mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy tadbir – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha referendum boʻlib oʻtmoqda. Unda imkoniyati cheklangan fuqarolar ham faol ishtirok etib, oʻz konstitutsiyaviy huquqidan foydalanmoqda.

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti 2-kurs talabasi Akbar Abduraimov ham 251-referendum uchastkasida yaratilgan sharoitlardan mamnun.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.3K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-04-30 08:45:07
Termiz davlat universitetida joylashgan 251-referendum uchastkasida professor-o‘qituvchilar va talabalar siyosiy jarayonda faol ishtirok etishmoqda.

Ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views05:45
Ochish/sharhlash
2023-04-30 08:24:02

2.4K views05:24
Ochish/sharhlash