Get Mystery Box with random crypto!

Siz yangi qonunni bilasizmi? Xotin-qizlarning huquqiy savodx | TerDU rasmiy kanali

Siz yangi qonunni bilasizmi?

Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlaridan ularni xabardor qilish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida TerDU Xotin-qizlar Kengashi hamda universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilar va tyutorlari shuningdek fakultet talaba qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Qiziqarli savollarga boy bo‘lgan viktorinada

1-o‘rinni “Huquqshunoslar” jamoasi (Yuridik fakulteti)
2-o‘rinni “Dasturchilar” jamoasi (Axborot texnologiyalari fakulteti)
3-o‘rinni “Shine” jamoasi (Xorijiy filologiya fakulteti) egalladi.

Yuqori o‘rinni egallagan jamoalar diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt