Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.47K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 90

2021-02-17 10:56:14
Universitet axborot resurs markazining fondi yanada boyitiladi
Universitet rektori A.Maraximovning navbatdagi tanishuv mazili Axborot resurs markazi bo’ldi. Unda markaz fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoit, kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlanganlik holati kabi jihatlar o’rganildi. Mutassaddilarga markaz fondini zaruriy adabiyotlar, darslik va elektron kitoblar bilan boyitish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun moslashgan maxsus kompyuter jamlanmasi, ko’zi ojizlar uchun mo’ljallangan adabiyotlar hamda darsliklarni tashkil etish bo’yicha ham kelishib olindi. Mas’ullarga tanishuv davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sharoitni yanada yaxshilash, axborot resurs markazini boyitish bo’yicha zaruriy ko’rsatmalar berildi.
_________
Kanalga ulanish: @TerDU340
7.4K views07:56
Ochish/sharhlash
2021-02-16 20:05:30
Manfaatli uchrashuv
Termiz davlat universitetiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulug’bek Tashkenboyev tashrif buyurdi. Talaba-yoshlar bilan bo’lgan suhbatda ta’limdagi o’zgarishlar, o’quv jarayonini yaxshilash va sifatini oshirish, mavjud muammolar hamda ularning yechimiga doir fikrlar bildirildi. Fakultetlarda davom etgan uchrashuvlarda universitetda yaratilgan sharoitlar o’rganildi. Universitet va ta’lim tashkilotlarining hamkorligi tahlil etilib, zaruriy tavsiyalar berildi. Yakunda universitet hamda viloyatdagi barcha ta’lim tashkilotlari vakillariga ta’lim sifatini ta'minlash bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi. Savol-javoblarga boy bo’lgan mazkur seminar har tomonlama manfaatli bo’ldi.
_____________
Kanalga ulanish: @TerDU340
8.4K views17:05
Ochish/sharhlash
2021-02-16 18:45:42 2020/2021 ўқув йили баҳорги семестрига узрли сабабларга кўра мос ва турдош йўналишлар бўйича Термиз давлат университетига ўқиши кўчирилиши рухсат этилган талабалар рўйхати.

Қуйидаги ҳавола орқали расмий сайтимиздан юклаб олишингиз мумкин


http://tersu.uz/doc/%D0%A2%D0%B5%D1%80%D0%BC%D0%B8%D0%B7_%D0%B4%D0%B0%D0%B2%D0%BB%D0%B0%D1%82_%D1%83%D0%BD%D0%B8%D0%B2%D0%B5%D1%80%D1%81%D0%B8%D1%82%D0%B5%D1%82%D0%B8.pdf
__________________
Каналга уланиш: @TerDU340
7.9K views15:45
Ochish/sharhlash
2021-02-15 18:16:57
Surxondaryoda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha seminar tashkil etildi

Tadbirda boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash (PIRLS), o'quvchilarning matematik, o'qish, tabiiy-ilmiy savodxonliklari hamda kreativ fikrlashlarini baholash (PISA) xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rish, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari hamda oliygohlarning oʻrni va vazifalari xususida so'z yuritildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/681/
https://t.me/uztdi

@TerDU340
9.3K views15:16
Ochish/sharhlash
2021-02-14 11:13:45
ЗАҲИРИДДИН МУҲАММАД БОБУР ТАВАЛЛУДИ КЕНГ НИШОНЛАНДИ
Заҳириддин Муҳаммад Бобур ўрта аср Шарқ маданияти, адабиёти ва шеъриятида ўзига хос ўрин эгаллаган адиб, шоир, олим бўлиши билан бирга йирик давлат арбоби ва саркарда ҳамдир.
14 февраль – Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 538 йиллиги Республикамизнинг барча муассасаларида, қолаверса, хориждаги олий таълим муассасалари, илмий-тадқиқот марказларида ҳам кенг нишонланди. Жумладан, Термиз давлат университетининг барча факультетларида Бобур таваллуди муносабати билан маънавий-маърифий тадбирлар, адабий кечалар, танловлар ташкил этилди.
Хусусан, Ўзбек филологияси факультетида бўлиб ўтган “Бобур каби Ватанни севинг” номли саҳналаштирилган тадбирда П.Қодировнинг “Юлдузли тунлар” романидан саҳнавий кўриниш, Санъатшунослик факультетида эса ижодий кўргазмалар танлови ўтказилди. Танловда ғолибликни қўлга киритган талабалар университет ректорининг буйруғига асосан пул мукофоти билан тақдирланди.

@TerDU340
9.9K views08:13
Ochish/sharhlash
2021-02-14 10:38:40
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
7.5K views07:38
Ochish/sharhlash
2021-02-14 10:36:31
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
6.8K views07:36
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:54:20
У ердан бу ерга гап ташувчилар элнинг гуноҳини ўз бўйнига олувчилардир. Чақимчилик ҳатто чин гап бўлса ҳам кўнгилсиздир, ёлғон бўлса янада нафратлидир. Сўз етказувчининг хоҳ каттаси, хоҳ кичиги дўзах ўтининг тутантириғи бил.

Алишер Навоий

@TerDU340
9.2K views04:54
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:08:33
Миллатни уйғотиш - уйғонганларнинг вазифаси!

Чўлпон

"Кеча ва кундуз"

@TERDU340
9.1K views14:08
Ochish/sharhlash
2021-02-13 16:10:32
Fizika faniga oid yangi ilmiy va o’quv adabiyotlar taqdimoti

2021 yil 13 fevral kuni Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida “Fizika faniga oid yangi ilmiy va o’quv adabiyotlar taqdimoti” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Fizika-matematika fakultetining professor-o‘qituvchilari tomonidan fizika ta’limi yo’nalishi talabalari va tadqiqotchilari fizika sohasida mavjud fanlar bo‘yicha chop etilgan yangi darslik, o’quv va ilmiy adabiyotlar, o‘quv resurslari va materiallar bilan tanishtirildi.
Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalarni topish bilan bog‘liq muammolar, elektron resurslarning yetarli emasligi yuzasidan liq savollariga javoblar berildi, resurs markazida foydalanuvchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash to‘g‘risida takliflari o‘rganildi.

Kelgusida universitetda har bir yo‘nalish bo‘yicha bunday taqdimotlarni muntazam o‘tkazilishi belgilangan.

@TerDU340
8.8K views13:10
Ochish/sharhlash