Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.68K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-04-15 06:17:11
#referendum_2023

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki - Konstitutsiya o‘zimizniki!”

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.Ismailov tomonidan Denov tumani “Istiqbol” mahallasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki - Konstitutsiya o‘zimizniki!” mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbrida Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmum-mohiyati va yurtimizda inson huquqlarini ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda olib borilayotgan islohotlar haqida so’z yuritildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.0K views03:17
Ochish/sharhlash
2023-04-15 02:40:56
Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов бошчилигида мутасадди раҳбарлар Бойсун туманида ёшлар билан бир дастурхон атрофида ўтириб, суҳбатлашди. Уларнинг таклиф ва муаммолари, янги ташаббуслари тингланди. Ёшларнинг ҳар бир муаммосини манзилли ҳал этиш орқали ҳаётда ўз йўлларини топишлари, бандлиги, таълим олишлари учун шароитлар яратилиши белгиланди.

Тадбир давомида Бойсун туманидаги маҳаллаларда фаолият юритаётган энг ташаббускор ва ўз фаолияти билан бошқаларга ўрнак бўлиб, чин маънода ёшларга етакчилик қилаётган 5 нафар маҳалла Ёшлар етакчиларига компьютер жамланмалари топширилди.

Шунингдек, вилоят ҳокимининг ташрифи давомида “Омонхона” дам масканида туристик зона ташкил этиш, Бойсун ва Олтинсой туманидаги туризм масканларини бир-бири билан боғловчи йўллар қурилиши ва бошқа туризм соҳасидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишилиб, керакли таклиф ва тавсиялар берилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.8K views23:40
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:09:18
Ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Sherobod tumanidagi “Buyuk ipak yoʻli” MFY boʻldi

Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov, viloyat davlat arxivi direktori D.Joʻrayeva va boshqalar dastlab Sherobod tumanidagi “Buyuk ipak yoʻli” mahallasi
binosini koʻzdan kechirishdi.

Shundan soʻng, ishchi guruh mahalladagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabarlashdi. B.Zokirov koʻchasi, 7-uyda yashovchi R.Sadatova 3 yildan buyon buyraklarida 50-30% qurishidan aziyat chekib keladi. Ishchi guruh koʻmagi bilan bemorda jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan boʻldi.

Mahalladagi shu kabi muammolar oʻrganilib, ularga tegishli yechim izlash yoʻllari koʻrildi. Buni mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan islohotlarning amaldagi ifodasi, deyish mumkin.

Shuningdek, mahalla aholisiga 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda ishtirok etish tartiblari tushuntirildi. Qolaversa, fuqarolar uchun saylov uchastkalarida yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Targʻibot tadbirida yangilanayotgan konstitutsiyada aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq normalar 4 barobar koʻpayganligiga, xususan, ilk marotaba har bir insonning sogʻligʻini saqlash huquqi hamda aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqi Konstitutsiya darajasida eʻtirof etilayotganiga alohida eʻtibor qaratildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.8K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:01:35 #TAʼZIYA

Termiz davlat universiteti jamoasi uzoq yillar oliygohda faoliyat olib borgan Kimyo fanlari nomzodi, dotsent Xamroyev To‘xta Ashurovich bugun 84 yoshida vafot etganligi munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etadi.

Haq taolo marhumning oilasi, yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru- mukofotlar ato etsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-04-14 06:00:00
#Tayinlov

Termiz davlat universiteti rektori buyrugʻi bilan Abdulloyev Shuxratjon Boboismoilovich – Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida professor-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.2K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 21:31:08
#TerDU | #bilim_karvoni

Boysun tumanidagi 1-umumta’lim maktabida bo'lib o'tgan “BILIM KARVONI” tadbiridan fotoreportaj

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5.2K views18:31
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:30:54
#befarq_emasman
#Referendum

Yangi Konstitutsiya matni 65 foizga yangilanmoqda

Sariosiyo tumanidagi ʼʼHulkarʼʼ mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla raisi M.Boʻtayev va xotin-qizlar faoli B.Norova, Termiz davlat universiteti ʼʼAlgebra va geometriyaʼʼ kafedrasi mudiri S.Choriyeva hamkorligida mahalla aholisi bilan ʼʼYangi konstitutsiya — inson huquqlarining kafolatiʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi.

Unda Konstitutsiyaning oʻzgarayotgan moddalari haqida toʻliq maʼlumotlar berildi.

Yangi konstitutsiyada moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpaygani maʼlumot sifatida keltirildi. Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual oʻzgarish kiritilayotgani taʼkidlanib, bu bilan Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha xalq saylovi – referendum 30-aprelga belgilangan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.7K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:02:10
#TerDU | #ochiq_dars

Ochiq darsda yangi yo'nalish ochiqlanmoqda

Termiz davlat universiteti Matematika analiz kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Mirsaburov matematika ta'lim yo'nalishi talabalariga "Matematik analiz" fanidan "Chegaralanmagan funksiyasining xosmas integrali" mavzusida ochiq ma'ruza qildi.

M.Mirsaburov tomonidan ta'riflangan masalalarning nostandart qo'yilishi va ishlab chiqilgan tadqiqot usullari xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasida yangi yo'nalish hisoblanishi haqida ma'lumot berildi.

Dars mashgʻulotida oʻz sohasining yetuk professori zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarbligi haqida batafsil tushunchalar bermoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views11:02
Ochish/sharhlash
2023-04-12 13:30:42
#befarq_emasman
#Referendum

Chekka hudud aholisi ham konstitutsiyaga befarq emas

Termiz davlat universitetining Fizika-Matematika fakulteti volontyorlari tomonidan navbatdagi targ’ibot tadbiri Sariosiyo tumanidagi "Shabnam" mahallasi vakillari o’rtasida o'tkazildi.
Unda A.Bekmurodov tomonidan fuqarolarga yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, 30-aprelda o'tkaziladigan referendumda ishtirok etish tartib-qoidalari haqida so’z yuritildi. Fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-04-12 13:01:13
"TALABALAR OQSHOMI" MAROQLI O’TDI

Termiz davlat universitetining 6-TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun "TALABALAR OQSHOMI" konsert dasturi tashkil etildi.

Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarish va ularga ko’tarinki kayfiyat, zavq ulashishdan iboratdir.

Ushbu oqshomda talabalar o’zaro samimiy muloqotda bo’lib, dildan yayrashdi. Ayniqsa, tashkil etilgan turli interaktiv o’yinlar, qiziqarli bellashuvlar talabalar xotirasida uzoq saqalanadigan bo’ldi.

Alohida tayyorgarliklar asosida o’tkazilgan konsert dasturida yangragan milliy va zamonaviy qo’shiqlarga shu kuni yig’ilgan barcha birdek raqsga tushib, vaqtlarini mazmunli o’tkazishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views10:01
Ochish/sharhlash