Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.68K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2023-04-18 13:40:00 #Olimlar_minbari
#10.04—15.04.2023

Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Biotexnologiyalar klasteri xalqimizga va ilm-fanga nima beradi?” — Ibrohim ABDURAHMONOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik;

“Millat uchun hayot-mamot masalasi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Bo‘yinbog‘ni yechib ishlash vaqti keldi yoxud Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan keyingi mulohazalar” — Sherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

“30-aprel – O‘zbekiston Respublikasi referendumi kuni farovon turmush kafolati” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori;

“Surxondaryo “janub gavhari”ga aylanadi” — Avazjon MARAHIMOV, Termiz davlat universiteti rektori, professor;

«Национальная идея: движение к будущему» — Рустам ХОЛМУРОДОВ, ректор Самаркандского государственного университета;

“Finlyandiya mo‘jizasi. Uning O‘zbekiston uchun manfaatli jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Xalqimiz irodasi va orzu-intilishi jamlangan bosh hujjat” — Rasul RAHMONOV, Toshkent shahridagi Vebster universitetining ijrochi direktori;

«Модель просвещения. В чем проявляются полезные для Узбекистана аспекты образовательной системы Финлядии?» — Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик профессор;

“Milliy futbolimizning jangovar ruhi nuqtayi nazar xalqimiz orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun kerak” — Damir ISMAGILOV, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti fakultet dekani, PhD;

“Ijtimoiy axloq – yangilanayotgan jamiyat orzusi” — Abduxalil MAVRULOV, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

«Права детей и молодежи под особой защитой государства» — Муаттара РАХИМОВА, профессор УМЭД;

“Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy kim bo‘lgan?” — Nodirjon ABDULAHATOV, tarix fanlari doktori, professor;

«Курс на укрепление гарантий свободы и личной неприкосновенности» — Хуршида АБЗАЛОВА, профессор ТГЮУ;

“Hukumat va partiyalar: demokratik tamoyil xalq hokimiyatchiligini mustahkamlaydi?” — Jahongir SAFAROV, yuridik fanlar doktori, professor;

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtiradi”Nodir JUMAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Минувшие дни» актуальны всегда» — Тулкин САЙДАЛИЕВ, кандидат филологических наук, доцент;

«Суверенное равенство. Конституционная реформа укрепит миролюбивый внешнеполитический курс Узбекистана» — Рустам МАХМУДОВ, доцент УМЭД;

“Барча эзгу мақсадларга билим ва тарбия туфайли эришилади” — Мансур МУСАЕВ, сиёсий фанлар доктори (DSc);

«Гармонизация системы образования узбекистана с международной» — Гулсанам НОРОВА, старший преподаватель Навоийского государственного педагогического института.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.1K views10:40
Ochish/sharhlash
2023-04-18 13:21:38
#qutlov

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Yadgarov Karim Abdullayevichni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengashda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarni umumkasbiy fanlar negizida muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari (Yonilg‘i va moylash materiallari fanini o‘qitish misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Yadgarov Karim Abdullayevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.0K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-04-18 12:08:08 #Xushxabar #database

Ilmiy ish natijalarining xalqaro e'tirofi

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Xayit Xudaynazarovich To‘rayev va shogirdlari (G.Umirova, B.Alimnazarov, Sh.Kasimov, J.Ashurov, P.Tojiyev, J.Suyunov, Y.Nazarov) tomonidan aniqlangan birikmalarning struktura tuzilishlari Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar bazasiga kiritildi.

Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar banki 1965-yilda tashkil etilgan va past molekulyar og‘irlikdagi organik va organometall birikmalarning kristall strukturalarining butun dunyo bo‘ylab omboridir. Ma’lumotlar bazasida rentgen va neytron difraksion tahlillari natijasida aniqlangan milliondan ortiq birikmalar uchun atomlar koordinatalari, burchak va chiziqli atomlararo parametrlar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu uni butun dunyo olimlari uchun muhim manbaga aylantiradi. Ma’lumotlar bazasining har bir yozuvi bibliografik, kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va bu orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri strukturaviy ma’lumotlar kengaytiriladi. Ma’lumotlar banki muntazam ravishda yangi birkmalarning rengent strukturaviy tuzilish bilan yangilanadi (hozir u yiliga 55 000 dan ortiq strukturani tashkil etadi) va mavjud yozuvlarni yaxshilaydi.

Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar bazasi (CCD) har yili yangilanadigan Kembrij Strukturaviy ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unda organik, organoelement va organometall birikmalarning kristal tuzilishi, shuningdek xizmatlar haqida ma’lumot mavjud. Har bir yangi sintez qilingan kimyoviy moddalarni rentgen va neytron difraksion tahlillari natijasida aniqlangan parametrlarni butun dunyo bo‘yicha solishtirish va uning yangiligini hamda depozit mualliflarini turli ilmiy jurnallarda maqolalarni chiqarishda ushbu moddalarni birinchilardan bo‘lib sintez va rengent strukturaviy analiz qilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.6K views09:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:30:00
Korrupsiyasiz ta'lim tarafdorimiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi.

Shunday ekan, yosh avlodni ushbu illatga qarshi qilib tarbiyalash hamda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakultetida "Korrupsiyasiz ta'lim tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda TerDU Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat bo'limi boshlig'i F.Qodirov, bosh mutaxassis J.Normo'minov, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov va fakultet dekani hamda sirtqi ta'lim talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida korrupsiya oʻta ogʻir jinoyat ekanligi, korrupsiya tizginlanmasa, taraqqiyot yoʻlida qilinayotgan islohotlar, oʻzgarishlar oʻz samarasini bermasligi va faqat halol mehnat orqali daromad topish lozimligi aytib o’tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.6K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 20:01:57
Talabalar iqtisodiy sud protsessi bilan tanishdi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti
Sud majlisi zalida Surxondaryo viloyat sudi tomonidan Iqtisodiy sud protsessi jarayoni boʻlib oʻtdi.

Sud majlisida 3-kurs talabalari amaliy jarayonni kuzatishdi. Bu ularga nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, bevosita holat bilan tanishish imkoniyatini bermoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.6K views17:01
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:30:33
Termiz davlat universiteti talabalari onlayn tarzida o‘tkazilgan qo‘shma majlisda ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi Yuridik fanlarni rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Mazkur qoʻshma majlisda Termiz davlat universitetining yuridik fakulteti dekani, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalar onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Qoʻshma Majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi Yuridik fanlarni rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, akademik Akmal Saidov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti professori Vladislav Tolstix “Markaziy Osiyoda xalqaro huquqiy siyosat” mavzusida maʼruza qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.5K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 16:00:41
Ishchi guruh aʼzolari chekka hududlarni ham oʻrganmoqda

Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov, viloyat davlat arxivi direktori D.Joʻrayeva Boysun tumanidagi “Toqchi” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi.

Dastlab 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan muhim siyosiy jarayon Referendumni oʻtkazish uchun mahallada yaratilgan shart-sharoitlar holati oʻrganildi. Bu borada kerakli tavsiyalar berildi.

Aholi bilan uchrashuvlarda Yangilanayotgan konstitutsiyaga kiritilayotgan qo`shimcha va o`zgartirishlar haqida keng tushunchalar berildi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-04-16 15:26:26 #TerDU_xabarlar_dayjesti

Termiz davlat universitetida hafta davomida bo'lib o'tgan xabarlar dayjesti. (3.04.2023- 9.04.2023

1. "O'zbek romanchiligining asoschisi"

2. Vladimir davlat universiteti professorlari TerDUda

3. Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolatidir

4. UNIVERSITET JAMOASI XORAZM VILOYATIDA SAYOHATDA BOʻLISHDI

5. Yangi Konstitutsiya barchamizniki!

6. Kitob — hikmat kemasi

7. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

8. "Buvijonim kiygan liboslar"

9. KONSTITUTSIYA O’ZIMIZNIKI

10. TerDU TALABALARI FUTBOL BO‘YICHA “UNIVERSIADA-2022” MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHIDA

11. Islohotlarning barchasi inson qadri uchun 

12. "TALABALAR OQSHOMI" MAROQLI O’TDI

13. Chekka hudud aholisi ham konstitutsiyaga befarq emas

14. Ochiq darsda yangi yo'nalish ochiqlanmoqda

15. Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi

16. Ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Sherobod tumanidagi “Buyuk ipak yoʻli” MFY boʻldi

17. "Yangilanayotgan Konstitutsiya - insoni qadri uchun"

18. “ENG YAXSHI INNOVATSION LOYIHA” KOʻRIK TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

19. “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki - Konstitutsiya o‘zimizniki!”

20. Termiz davlat universitetiga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva tashrif buyurdi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.8K views12:26
Ochish/sharhlash
2023-04-16 14:16:02 #mutolaa

"YANGI O'ZBEKISTON" gazetasining 2023-yil 15-aprel, 73 (862)-sonida Termiz davlat universiteti Rus va qardosh tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Poyon Bakirovning “O'qituvchilarga davlatning o'zi g'amxo'rlik qiladi” nomli maqolasi chop etildi.

O'qishni tavsiya etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views11:16
Ochish/sharhlash
2023-04-16 13:49:47 "Surxon ovozi" gazetasining 2023-yil 5-aprel, 4(25)-sonida Termiz davlat universiteti rektori, professor Maraximov Avazjon Raximovich va Yuridik fakulteti dekani yuridik fanlari doktori, professor Jumanazar Xolmo‘minovning “Referendum – xohish irodani bildirish” nomli maqolasi chop etildi.

O'qishni tavsiya etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views10:49
Ochish/sharhlash