Get Mystery Box with random crypto!

Hindistonlik professorlar TerDUda Termiz davlat universiteti | TerDU rasmiy kanali

Hindistonlik professorlar TerDUda

Termiz davlat universitetiga bir guruh hindistonlik professor-oʻqituvchilar tashrif buyurishdi.

Dastlab mehmonlar Surxondaryo viloyatidagi eng yirik oliy taʼlim muassasasi hisoblangan Termiz davlat universiteti faoliyati, keyingi yillarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning munosib zamonaviy shart-sharoitlarda taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, yuz berayotgan yangiliklar, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdi.

Shundan soʻng Axborot-texnologiyalari fakultetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M.Xoshimxo‘jayeva, Moliya va iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori O.Abdugʻaniyev, fakultet dekanlari va hindistonlik professor-oʻqituvchilar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad nufuzli universitetlar bilan oʻzaro tajriba almashish va yaqin aloqalar oʻrnatish, doktorant va yosh oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib, almashuv dasturlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Tashrif doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt