Get Mystery Box with random crypto!

UCH AVLOD UCHRASHUVI Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga e | TerDU rasmiy kanali

UCH AVLOD UCHRASHUVI

Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga eʼtibor va gʻamxoʻrlik qilish, ularga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat koʻrsatish maʼnaviy hayotimizning tom maʼnoda ajralmas qismiga aylangan. Zero, keksalarning oltin oʻgitlariga amal qilib yashash komillik, turmush farovonligimiz va tinchlik-osoyishta hayotimiz garovidir.

30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan  "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" hamda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiorlari ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Uchrashuvda turli sohalarda samarali faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar, harbiylar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda mehmonlar yosh avlod vakillariga o'zlarining bosib o'tgan hayot yo'llari haqida, muvaffaqiyatlari va hayotidagi qiyinchiliklari, shuningdek, universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida so'z yuritdi.

Bundan tashqari harbiy qism komandirlari yoshlarga harbiylar hayoti, bugungi kunda yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida to'xtalib o'tishdi. Mazmunli va samimiy tarzda o'tgan bu uchrashuvdan uch avlod vakillari birdek mamnun bo'lishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt