Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.68K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-04-30 01:45:06
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA 28-29-APREL KUNLARI BOʻLIB OʻTGAN RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻZ ISHINI YAKUNLADI

Batafsil ushbu havolada

В ТЕРМЕЗСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ УНИВЕРСИТЕТЕ, ЗАВЕРШИЛА СВОЮ РАБОТУ, РЕСПУБЛИКАНСКАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ, СОСТОЯВШАЯСЯ 28-29 АПРЕЛЯ

Подробнее по этой ссылке

Bizni kuzatishda davom eting!
————————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.0K views22:45
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:01:47
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Ulug'imsan vatanim" nomli tadbirdan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.2K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-27 13:59:37
#oav_biz_haqimizda

Belarus davlat universiteti olimlari TerDUning Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya kafedrasida boʻlib, talabalarga dars mashgʻulotlarini oʻtib berishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.9K views10:59
Ochish/sharhlash
2023-04-27 12:47:32
DIQQAT E'LON!

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 2-oliy ta'lim sirtqi 4-bosqich Informatika o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi 2-OT IO'M-120, 2-OT IO'M-220 guruhlari hamda Matematika va informatika ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi sirtqi 2-3-bosqich S-Mat-inf-121, S-Mat-inf-221, S-Mat-inf-321, S-Mat-inf-421(rus), S-Mat-inf-521, S-Mat-inf-120, S-Mat-inf-220, S-Mat-inf-320, S-Mat-inf-420, S-Mat-inf-520, S-Mat-inf-620(rus) va S-Mat-inf-720-guruhlar talabalari diqqatiga!

Joriy yilning 1-may sanasidan rejaga muvofiq an'anaviy shaklda bahorgi semestr dars mashg‘ulotlari va ular bo‘yicha nazoratlar amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Barcha talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtirok etishlari soʻraladi!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views09:47
Ochish/sharhlash
2023-04-27 11:05:06
ULUG'IMSAN VATANIM

Termiz davlat universitetida
talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan 4-TTJ hovlisida “Ulug‘umsan vatanim“ nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida M.Yusuf ijodidan she’rxonlik kechasi, osh tayyorlash musobaqasi, moziyga nazar, “Yoshlar orolni asraydi” mavzusida rasmlar tanlovi, “Havaskor gitara ishqibozlari”, jonli karaoke va “5 tashabbus” doirasidagi shaxmat-shashka sport musobaqalari tashkil etildi. Tanlovlarda talabalar faol ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Tadbirning ijodiy kechasida fakultet “QVZ” jamoasining chiqishlari va “Ulug‘imsan vatanim” nomli konsert yig‘ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Saytэ
3.5K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-04-24 18:17:56 ​​ILMIY TADQIQOTLAR YOZISH DOIRASIDA MAʼLUMOTLARNI TAHLIL QILISHDAGI XALQARO YONDASHUVLAR VA AMALIYOTLAR BOʻYICHA BEPUL AKADEMIK DASTUR

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan “Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida, Jahon bankining moliyaviy koʻmagi asosida

2023-yil 21-aprel Oʻzbekiston Respublikasi olimlari, doktorantlari va ilmiy tadqiqotchilari uchun “International approaches and best practices of using data in sciyentific research” bepul oʻquv dasturiga tanlovlar boshlandi.

Loyihaning asosiy maqsadi va mohiyati:

- mahalliy olimlar tomonidan yetakchi ilmiy maʼlumotlar bazalarida nashr etilayotgan maqolalar sifati va sonini oshirish (Web of Sciyence, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar);

- turli vositalar, ilovalar va uslubiyotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar tahlili uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasida olimlarning salohiyatini mustahkamlash;

- maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy maqolalarni tayyorlash va ilmiy tadqiqot doirasida maʼlumotlar vizualizatsiyasi koʻnikmalarini mustahkamlash;

- olimlarga maʼlumotlarni empirik tahlil qilishning zamonaviy uslublarini oʻrgatish;

- olimlarga ularning ilmiy natijalarini yuqori impakt-faktorli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishga amaliy yordam koʻrsatish;

Nomzodlarni saralash boʻyicha talablar:

1. Dasturda qatnashish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi;

2. Ingliz tilini kamida B1 darajada bilish;

3. Ilmiy natijalar va ilmiy ishlanmalar mavjudligi.

Dasturda qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar quyidagi havola orqali joriy yil 5-mayga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari lozim:

https://forms.gle/oUe2d175doXBp9r59

Dastur mentorlari qatorida

400 dan ziyod ilmiy maqolalar chop etgan va barqaror taraqqiyot yoʻnalishi boʻyicha dunyodag yetakchi olimlar uchligiga kirgan

Dr. Asongu Simplice ham ishtirok etadi;

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:

+998 50 0051177; hello@ergorc.com

Taklif va eʼtirozlar uchun
+998 97 170 67 84;
email: munis@wbgrants.uz


БЕСПЛАТНАЯ АКАДЕМИЧЕСКАЯ ПРОГРАММА ПО МЕЖДУНАРОДНЫМ ПОДХОДАМ И ЛУЧШИМ ПРАКТИКАМ АНАЛИЗА ДАННЫХ В РАМКАХ НАПИСАНИЯ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ

По инициативе Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан в рамках проекта "Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана" (MUNIS) при финансовой поддержке Всемирного банка, с 21 апрелья 2023 года начинается цикл бесплатной учебной программы “International approaches and best practices of using data in scientific research” для ученых, докторантов и научных исследователей Республики Узбекистан.

Основная цель и суть проекта:
- повышение качества и количества статей, публикуемых местными учеными в ведущих научных базах данных (Web of Science, Scopus, Springer, Wiley и других.);
- укрепление потенциала ученых по использованию современных информационных технологий для анализа данных, которые охватывают различные инструменты, приложения и методологии.
- укрепление навыков анализа и обработки данных, подготовки научных статей и визуализации данных в рамках научного исследования;
- обучение ученых современным методам эмпирического анализа данных;
- оказание практической помощи ученым в публикации их научных результатов в международных научных журналах с высоким импакт-фактором.

Требования к отбору кандидатов:
1. Онлайн регистрация для участия в программе по ссылке ниже;
2. Владение английским языком не ниже уровня В1;
3. Наличие научных результатов и научных разработок.

Кандидаты, желающие принять участие в программе, должны онлайн зарегистрироваться по следующей ссылке до 5 мая этого года:

https://forms.gle/oUe2d175doXBp9r59

В числе менторов программы
Dr. Asongu Simplice, который опубликовал более 400 научных статей входит в топ-3 ученых в мире по направлению устойчивое развитие.

Дополнительная информация:
+998 50 0051177; hello@ergorc.com

Предложения и жалобы
+998 97 170 67 84;
munis@wbgrants.uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.9K views15:17
Ochish/sharhlash
2023-04-23 20:45:06
#Erasmus #Gratulation

TerDUning ikki nafar talabasi Germaniyada akademik almashinuv o’qishini boshladilar

Termiz davlat universiteting Xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo'nalishi 4- kurs talabasi Furqat Jumayev va 3-kurs talabasi Gulnoza Eshniyozova Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm nomidagi Myunster universitetining Germanistika institutida Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida 6 oy muddat davomida akademik almashinuv o'qishini boshladilar.

Termiz davlat universiteti rahbariyati stipendiantlarni ushbu katta yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.7K views17:45
Ochish/sharhlash
2023-04-22 16:04:24
#oav_biz_haqimizda

Termiz davlat universiteti talabalari “Osh chempionati”da o’zaro bahslashdilar

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.3K views13:04
Ochish/sharhlash
2023-04-21 18:30:07
Sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi

“Yoshlar markazi” binosida Oltinsoy tumani sektor rahbarlari ishtirokida sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi oʻrinbosari I.Safarov, Oltinsoy tumani hokimi B.Maxmatraemov, Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov, talabalar hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugun yoshlar uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oltinsoy tumanining 30ga yaqin tashkilotlari 400ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi va turli vakansiyalarini talabalarga taklif etishdi.

Shundan soʻng, talaba yoshlar va uchrashuv ishtirokchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat bagʻishladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.8K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-04-21 17:42:34 https://uza.uz/uz/posts/ziyolilar-forumi-bolib-otdi_475303
3.7K views14:42
Ochish/sharhlash